15:25 / 11.07.2020
2 458

Sochi: cherkeslarning talabiga binoan "Rus askarlarining jasorati" yodgorligi buzib tashlandi

Sochi: cherkeslarning talabiga binoan "Rus askarlarining jasorati" yodgorligi buzib tashlandi
Sochining Adler tumanida mahalliy hokimiyat Kavkaz urushi qahramonlariga bag‘ishlangan "Rus askarlarining jasorati" yodgorligini demontaj qildi. Bunga cherkes faollarining shikoyati sabab bo‘lgan.

"Kavkazskiy uzel" sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, meriya tegishli qarorni ma’qullagan. Avvalroq, cherkes millatiga mansub odamlar hokimiyatga murojaat qilib, Kavkaz urushi voqealarini eslatishni "og‘riqli va jamiyatni bo‘ladigan" deb atashgan.

"Rasmiylar yodgorlik kerakli tasdiqlashlarsiz, juda katta xatolar bilan, tubjoy xalq vakillari bilan muhokama qilmasdan qurilganligini tan olishdi. Menimcha, mavzu tugadi", dedi Majid Chachux, Qora dengiz adiglarining “Adige Xase” tashkiloti rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar va cherkeslarni birlashtiradigan ramzni o‘rnatish, jamoatchilikni muhokamaga jalb qilish orqali "zo‘ravonlik va janjal"dan qochish mumkin.

Boshqa bir faol Valeriy Xatajukov, skeptiklarning ko‘pligiga qaramay, milliy ozchilikning o‘zi ham bu voqeaning muvaffaqiyatiga ishonmagani va bu voqea “cherkes millati uchun g‘alaba bo‘ldi” deb atadi.

Xotira belgisi 30 iyun kuni ochilgan edi. Bu 19-asrning 30-yillarida Qora dengiz sohilidagi eng muhim istehkomlardan biri bo‘lgan qal’aning xaritasi edi. Sochi ma’muriyati uning ochilishi haqida xabar bergan va darrov yangiliklar qatoridan o‘chirilgan. Rasmiy shaxslar yodgorlikning yo‘q qilinishi to‘g‘risida ham sukut saqlashmoqda.

Tahririyatdan: Rossiyaning o‘zida bosqinchi rus askariga qo‘yilgan har qanday yodgorlik tubjoy aholining g‘ashiga tegadi, ular bundan norozi bo‘lib qarshilik qilishadi va cherkeslardek yodgorlikni buzib tashlanishiga erishishadi.

Bizda esa, aksincha... Ota-bobomizni o‘ldirgan, muborak boshlarini nayzasiga ilib ko‘targan bosqinchiga uning o‘zi aytmasa ham yodgorligini qaytadan ta’mirlab, aziz ziyoratgoh qilib qo‘yamiz. Tolerant bo‘lsang, bizdek bo‘l, dunyo!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sochi: cherkeslarning talabiga binoan "Rus askarlarining jasorati" yodgorligi buzib tashlandi