Foto: aninews.in
Hindistonning Surat shahridagi (Gujorat shtati) zargarlik do‘koni koronavirus pandemiyasi fonida brilliantlar bilan bezatilgan himoya niqoblari sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Ularning narxi 2 mingdan 5 ming dollargacha, deb xabar berdi ANI agentligi.
Do‘kon egasi Dipak Choksining aytishicha, brilliantlar qadalgan niqoblar tayyorlash g‘oyasi to‘yi bo‘lishi kerak bo‘lgan xaridor do‘konga kelganidan keyin paydo bo‘lgan. U do‘kon egasidan kelin va kuyov uchun "noyob" niqob tayyorlab berishini so‘ragan.
"Dizaynerlarimiz tayyorlagan niqob unga ma’qul bo‘ldi va sotib oldi. Shundan keyin ana shunday niqoblar tayyorlashga kirishdik. Tayyorlanishida sariq oltin va amerika brilliantlari ishlatiladigan niqoblarimiz 150 ming rupiy (1990 dollar) turadi. Oq oltin va haqiqiy brilliantlardan tayyorlangan niqoblarimiz narxi 400 ming rupiy (5,3 ming dollar)", - deydi Choksi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, niqoblardagi brilliant va oltinni mijoz ixtiyoriga ko‘ra chiqarib olish va ulardan boshqa zargarlik buyumi tayyorlash mumkin. Avvalroq Maxarashtra shtatida yashovchi Shankar Kurade qariyb to‘rt ming dollarga oltin niqob tayyorlatgandi.
Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatda 800 mingdan ortiq kasallanish holatlari aniqlangan, 22 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi