07:26 / 13.07.2020
3 064

Abxishek Bachchan ketidan rafiqasi Ayshvariya Ray va qizida ham koronavirus borligi aniqlandi

Abxishek Bachchan ketidan rafiqasi Ayshvariya Ray va qizida ham koronavirus borligi aniqlandi
Foto: Reuters
Avvalroq koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan hind aktyori Abxishek Bachchan rafiqasi, aktrisa Ayshvariya Ray va 8 yoshli qizi Aradxyada ham koronavirus aniqlanganini tasdiqladi.

Ayshvariya va Aradxyaning tahlillari ham koronavirusga musbat natija berdi. Ular uyda karantinda qolishadi. Oilamizning qolgan a’zolari, jumladan onamning tahlili manfiy chiqqan. Barchaga tilaklaringiz va duolaringiz uchun rahmat”, deb yozgan aktyor Twitter’da.

Avvalroq Bollivud afsonasi 77 yoshli Amitabx Bachchan va uning o‘g‘li - 44 yoshli Abxishek Bachchanda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.
1994 yilgi “Dunyo go‘zali” tanlovi g‘olibasi va taniqli hind aktrisasi Ayshvariya Ray Bachchan Abxishek Bachchan bilan birga 2007 yildan beri oilaviy hayot kechirib keladi.

Avvalroq 46 yoshli Ayshvariya Rayning koronavirusga chalinganini Maxarashtra shtati sog‘liqni saqlash vaziri Rajesh Tope ma’lum qilgandi. Biroq uning bu haqda Twitter’dagi xabari e’lon qilingandan keyin ko‘p o‘tmay o‘chirib tashlangan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Abxishek Bachchan ketidan rafiqasi Ayshvariya Ray va qizida ham koronavirus borligi aniqlandi