09:11 / 13.07.2020
3 603

Maykl Jekson kundaligidan maxfiy qaydlar e’lon qilindi

Maykl Jekson kundaligidan maxfiy qaydlar e’lon qilindi
Foto: Getty Images
2020 yilning avgust oyida pop-qirol Maykl Jekson haqida «Yomon: Maykl Jekson yashirganlarining misli ko‘rilmagan tekshiruvi» (Bad: An Unprecedented Investigation into the Michael Jackson Cover-Up) sotuvga chiqariladi. Hello nashrining yozishicha, muallif Dilan Xorvard, Mayklning sirli kundalik va qaydnomalarini o‘rganish asosida ushbu kitobni yozgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, kitobni o‘qish davomida Jeksonning so‘nggi yillari qanday kechgani haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Foto: Daily Mail
Kitobdan tanlangan iqtiboslar The Mirror’da e’lon qilingan bo‘lib, ularni o‘qish orqali, Maykl Jekson o‘z nomini, kumirlari Charli Chaplin va Uolt Disneylar kabi tarixdan abadiy o‘chmas bo‘lib qolishini istaganini bilish mumkin.

Kundalikdan Jekson shoumen aktyor va rejissyorlar orasida eng birinchi multimilliarder bo‘lishni, haftasiga 20 million daromad ko‘rishni istaganini va ushbu istagini yangi Cirque du Soleil shousi hamda Nike singari yirik kompaniyalar bilan reklama shartnomasini imzolash orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Foto: Medium

Bundan tashqari xonanda tarixda qolish uchun «Suv ostidagi yigirma ming kilometr» hamda «Sinbadning yettinchi sayohati» filmlarini qayta suratga olishni xohlashini yozib qoldirgan.
Kundaliklarni o‘rganish davomida qo‘shiqchi so‘nggi yillarda, uni kimdir o‘ldirishi mumkinligidan qo‘rqqani aniqlangan.

«Yovuz odamlar meni yo‘q qilib, kompaniyamga egalik qilishni istashadi. Tizim musiqiy to‘plamimni qo‘lga kiritish uchun meni yo‘q qilishni istaydi… Lekin, men uni sotmayman», — deb yozgan Maykl kundaligida.

Ma’lumot uchun, 1985 yilda Maykl Jekson, minglab kompozitsiyalar, xususan, The Beatles guruhi qo‘shiqlariga egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan Sony/ATV Music Publishing musiqiy to‘plamining 50 foiz aksiyalarini sotib olgan. Buning natijasida Jekson va uning merosxo‘rlari yetarlicha daromadga va ushbu bitim ortidan katta miqdorda divedendga ega bo‘lgan. Xonanda vafotidan 7 yil o‘tib esa Sony xonandaning ulushini 750 million dollarga sotib olgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maykl Jekson kundaligidan maxfiy qaydlar e’lon qilindi