19:11 / 13.07.2020
2 321

Pandemiyadan keyin 10 millionga yaqin bolalar maktabga umuman qayta olmasligi ma’lum qilindi

Pandemiyadan keyin 10 millionga yaqin bolalar maktabga umuman qayta olmasligi ma’lum qilindi
Foto: DPA
Koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo bo‘yicha kamida 9,7 million nafar bola maktabga hech qachon qayta olmaydi, deb taxmin qilmoqda Britaniyaning Save the Children nohukumat tashkiloti. Tashkilot hisobotida qaytilishicha, hozirda "ta’lim sohasida global favqulodda vaziyat yuzaga kelgan".

Tashkilotning qayd etishicha, pandemiya boshlangach va qashshoqlik kuchaygani sababli qator mamlakatlarda budjetlar jiddiy qisqargan. Dunyoning 12 mamlakatida bolalar maktabni bir umrga tashlashlari xavfi o‘ta yuqori, yana 28 mamlakatda esa bu holat "o‘rtacha yoki yuqori darajada".

Ko‘plab oilalar farzandlarini mehnat qilishi uchun maktabda o‘qitmaslikka majbur bo‘ladi, deyiladi tashkilot hisobotida.

Save the Children ekspertlari hukumatlar va kreditorlarni ta’lim sohasidagi global muammolarga e’tibor qaratish va maktablar faoliyatini davom ettirish uchun zudlik bilan investitsiya kiritishga chaqirdi.

Tashkilotning ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,6 milliard bola pandemiya sababli maktabga borish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan, 500 millionga yaqin o‘quvchi esa masofadan o‘qish imkoniga ega emas.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)