07:25 / 14.07.2020
2 940

Putin xorijliklarning Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtiruvchi qonunni imzoladi

Putin xorijliklarning Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtiruvchi qonunni imzoladi
Foto: RIA "Novosti"
Shu yilning fevralida Rossiya mehnat vazirligi fuqarolikni oson olish imkonini beruvchi kasblar ro‘yxatini kengaytirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya pasportiga ega va 18 yoshga to‘lgan farzandlari bo‘lgan xorijliklarning Rossiya fuqaroligini olishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Qonun bilan Rossiyada yashayotgan va 18 yoshga yetgan hamda Rossiya fuqaroligiga ega farzandlari bo‘lgan har qanday xorij fuqarosining yashash muddati to‘g‘risidagi talabsiz soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish imkoniyati belgilandi.

Shuningdek, yana bir yangilik – Rossiya fuqaroligini olayotgan xorijlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning majburiy daktiloskopik ro‘yxatdan o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Qayd etilishicha, bu chora Rossiya xavfsizligini ta’minlash va terroristik faoliyatga aloqador shaxslarning mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

Avvalroq Putin Rossiyada iqtisodiyot rivojlanishi bilan ishchi kuchi yetishmasligi muammosi kuchayib borayotganligi, mamlakat xorijlik yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj sezayotganligini aytgandi.

Uning qayd etishicha, Rossiya yangi fuqarolar oqimiga va ayniqsa, rus tilida so‘zlashuvchilarga ehtiyoj sezmoqda.

Shu yilning fevralida Rossiya mehnat vazirligi fuqarolikni oson olish imkonini beruvchi kasblar ro‘yxatini kengaytirdi. Yangi tahrirdagi hujjatdan 135ta kasb (ilgari 74ta) o‘rin oldi. Unga jumladan, shifokorlik, veterinariya, entomologiya, o‘qituvchilik va jurnalistika kabilar kiritildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin xorijliklarning Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtiruvchi qonunni imzoladi