08:52 / 14.07.2020
2 000

Jurnalist Ivan Safronovga davlatga xiyonat qilish ayblovi e’lon qilindi

Jurnalist Ivan Safronovga davlatga xiyonat qilish ayblovi e’lon qilindi
Foto: RIA "Novosti"
Advokat Ivan Pavlovning so‘zlariga ko‘ra, FXX ekspertlari «Safronovning chop etgan ishlarida davlat sirlarini topmagan».
«Roskosmos» rahbari maslahatchisi va jurnalist Ivan Safronovga rasman davlatga xiyonat qilish ayblovi e’lon qilindi. Uning advokati Ivan Pavlovning xabar berishicha, Safronov bu ayblovni tan olmagan.

«Hozir ayblov e’lon qilindi. Hukmda Safronov chex maxsus xizmatidan moddiy rag‘batlantirish olgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuningdek, uning nimalar bergani, bu qachon bo‘lgani, aniq bir ma’lumotlar yo‘q», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Interfaks».

Tergovning ta’kidlashicha, Safronov ma’lumotni berish uchun Vera Crypt shifrlash dasturidan foydalangan.
«Bu jurnalistlar ham, advokatlar ham, huquq himoyachilari ham foydalanadigan, bozorda keng tarqalgan mahsulot», — dedi Pavlov.

Bundan tashqari, Pavlovning so‘zlariga ko‘ra, FXX ekspertlari «Safronovning chop etgan ishlarida davlat sirlarini topmagan». Advokatning fikricha, ayblov tomoni shu yo‘l bilan Safronov ishi uning jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq ekanligini inkor etishga urinmoqda.

Ivan Safronov 7 iyuldan buyon hibsda saqlanmoqda. U Chexiya razvedkasiga ma’lumot yetkazishda ayblanmoqda.
Safronovning himoyachisi u jurnalistik faoliyati uchun ta’qibga olinmoqda degan fikrda.
13 iyul kuni «Lefortovo» tergov izolyatori binosi yaqinida yakkalik piketlar bo‘lib o‘tdi. Norozilik bildirishga chiqqanlar qo‘lga olindi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jurnalist Ivan Safronovga davlatga xiyonat qilish ayblovi e’lon qilindi