10:23 / 14.07.2020
3 065

Rossiyada 15 iyuldan xorijdan kelayotganlar uchun 2 haftalik karantin bekor qilinadi

Rossiyada 15 iyuldan xorijdan kelayotganlar uchun 2 haftalik karantin bekor qilinadi
Foto: RIA Novosti
Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyaga keluvchi fuqarolar uchun ikki haftalik majburiy karantin bekor qilinadigan qarorni imzoladi.

Endilikda barcha rossiyalik fuqarolar Rossiyaga kelgandan keyin 3 kun ichida koronavirusga PSR-test topshirishlari kerak bo‘ladi. Ish beruvchilar xorijga chiqayotgan xodimlarini Rossiyaga qaytganlaridan keyin bunday tahlilni topshirishlari kerakligi haqida xabardor qilishlari shart qilib qo‘yildi.

Rossiyaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar esa chegarada koronavirusga manfiy tahlil topshirganlari haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilishlari kerak bo‘ladi. Ma’lumotnoma rus yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak. Unda fuqaro Rossiyaga kelishidan ko‘pi bilan uch kun oldin polimer zanjir reaksiyasi (PSR) usuli bilan olingan tahlili manfiy chiqqani tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, xorijiy fuqaroda koronavirusga qarshi immunoglobulin G antitanalari (lgG) aniqlangan bo‘lsa, chegarani kesib o‘tayotganida buni tasdiqlovchi tibbiy hujjatlarni ko‘rsatishi lozim.

Agar xorijiy fuqaroda koronavirusga tahlili manfiy chiqqanini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, unda u Rossiya hududida 3 kalendar kuni ichida koronavirusga tahlil topshirishi shart bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, tahlil uchun to‘lov Rossiya qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 15 iyuldan xorijdan kelayotganlar uchun 2 haftalik karantin bekor qilinadi