06:57 / 15.07.2020
2 128

Eng boy hind Bloomberg’ning milliarderlar reytingida Mask va Baffettni ortda qoldirdi

Eng boy hind Bloomberg’ning milliarderlar reytingida Mask va Baffettni ortda qoldirdi
Foto: Amit Dave / Reuters
Hindiston va Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambani o‘zining boyligi qiymatini 2 mlrd dollardan ko‘proqqa oshirib, Bloomberg axborot agentligining milliarderlar ro‘yxatida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Reyting tuzuvchilari Ambanining boyligini 72,4 mlrd dollarga baholashmoqda.

Ushbu qiymat Ambanining yil boshidagi boyligidan 13,8 mlrd dollar ko‘proqni tashkil qiladi. Biznesmenning kapitali ko‘payishiga unga tegishli Reliance Industries xoldingi aksiyalari narxi oshishi olib kelgan. Xolding energetika, neft-kimyo, chakana savdo, telekommunatsiya biznesi kabi ko‘plab sohalarda aktivlarga ega. Oxirgi 3 kunning o‘zida xolding aksiyalari London fond birjasida 9 foizga, 23 martdan beri esa deyarli 2 karra qimmatlashgan.

Ushbu ko‘rsatkich evaziga Ambani Bloomberg Billionaires Index reytingida Google asoschilari Sergey Brin va Larri Peyjni, sarmoyachi Uorren Baffettni hamda Tesla asoschisi Ilon Maskni ortda qoldirmoqda va Jeff Bezos, Bill Geyts, Bernar Arno, Mark Sukerberg va Stiv Balmerdan ortda qolmoqda.

Shu bilan birga, Ambani Forbes’ning milliarder reytingida 71,4 mlrd dollar bilan 7-o‘rinni egallamoqda va yuqorida tilga olingan yetakchi beshlikdagi milliarderlardan tashqari, Oracle asoschisi Larri Ellisondan (73,3 mlrd dollar) ortda qolmoqda. Kapitalni hisoblashda Forbes’dan farqli metodikani qo‘llovchi Bloomberg reytingida Ellison 65,8 mlrd dollar bilan 11-o‘rinni egallamoqda.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng boy hind Bloomberg’ning milliarderlar reytingida Mask va Baffettni ortda qoldirdi