2 554
JSST rahbari koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishining 4 asosiy ssenariysini aytib o‘tdi
Foto: AFP
Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishining 4 ta asosiy ssenariysi mavjud. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.
“Kunlik o‘lim holatlari nisbatan barqaror darajada qolayotganiga qaramay, vaziyat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Barcha davlatlar xavf ostida, biroq hamma davlatlar ham bir xil darajada jabr ko‘rmagan”, deb aytgan Gebreyesus.
Uning ta’kidlashicha, koronavirus tarqalishining 1-ssenariysi undan ogohlantirilgan va xabardor bo‘lgan davlatlarda yuz bergan. Natijada bu davlatlar virus tarqalishining yirik o‘choqlaridan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Bu davlatlar orasida Janubi-Sharqiy Osiyo, Tinch okeani mintaqasi, Karib havzasi va Afrika davlatlari bor.
2-ssenariy Yevropaga xos bo‘lib, bu mintaqada koronavirusning katta ko‘lamda tarqalishi kuzatilgan. Biroq Yevropa davlatlari hukumatlarining koronavirusga qarshi ko‘rgan choralari evaziga kasallik ustidan nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan. Gebreyesusning ta’kidlashicha, bu davlatlar koronavirus tarqalishining yirik o‘choqlarini bartaraf etish mumkinligini ko‘rsatgan.
3-ssenariy esa koronavirusning birinchi to‘lqinidan o‘tib, cheklovlarni yumshatib, hozirda yangi kasallanish holatlariga qarshi kurashayotgan davlatlarda yuz bermoqda. “Bu davlatlar o‘z pozitsiyalarini boy berayotgandek tasavvur paydo bo‘lmoqda, chunki o‘zining asoslanganligini isbotlagan choralarga amal qilinmayapti yoki ular bajarilmayapti”, deb ta’kidlab o‘tgan JSST rahbari.
Koronavirus tarqalishining 4-ssenariysi infeksiya yuqori sur’atlarda tarqalayotgan hududlar: Shimoliy va Janubiy Amerikada, Afrika va Janubiy Osiyo davlatlarida yuz bermoqda. “Koronavirusning markazi Amerika bo‘lib qolmoqda. Biroq biz birinchi ikki ssenariydan bilamizki, virusni nazorat ostiga olishga hech qachon kechlik qilmaydi. Buni virus faol tarqalganda ham amalga oshirish mumkin”, deb ta’kidlab o‘tgan Gebreyesus.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai