14:05 / 15.07.2020
3 519

Kavkazning «tish og‘rig‘i»: Armaniston va Ozarbayjon chegarasida nimalar sodir bo‘lmoqda?

Kavkazning «tish og‘rig‘i»: Armaniston va Ozarbayjon chegarasida nimalar sodir bo‘lmoqda?
Armaniston va Ozarbayjon kuchlari o‘rtasida uch kun davom etgan janglarda kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Joriy to‘qnashuvlar ikki Janubiy Kavkaz xalqlari o‘rtasidagi bir necha yil ichida eng yomon bo‘ldi. Bu haqida Germaniyaning «DW.com» sayti xabar berdi.

Armaniston va Ozarbayjon seshanba kuni chegarada uchinchi kun to‘qnashdi.
Ozarbayjon tomoni xabariga ko‘ra, yakshanba kuni janglar boshlanganidan beri 11 askar va bir tinch fuqaro halok bo‘lgan. Armaniston tomoni Ozarbayjonning to‘rt askari o‘limiga sababchi bo‘lgan edi.

Ikki mamlakat kelishmovchiligiga hozirgi paytda Yerevan tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi arman kuchlari tomonidan boshqarilayotgan Tog‘li Qorabog‘ muammosi sabab bo‘lmoqda. So‘nggi janglar 1994 yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin urush olib borilgan janubdagi hududlarda sodir bo‘lgan.

Yaqinda Ozarbayjon chegarada o‘z harbiy bazasini qurdi va Tog‘li Qorabog‘ ustidan nazoratni qayta tiklash uchun qurolli kuchlar ishga solishi mumkinligini aytdi.

Boku esa yangi to‘qnashuv sababini Armanistonning Ozarbayjon hududini egallab olishga urinishi deya aytmoqda. Armaniston rasmiylarining ta’kidlashicha, Ozarbayjon samolyotlari Armanistonning Tuvush viloyatidagi Berd shahrida fuqarolik infratuzilmasini nishonga olgan.

Armaniston, shuningdek, Ozarbayjonni Armaniston hukumatining veb-saytlariga kiberhujumlar qilganlikda ayblamoqda.
Tog‘li Qorabog‘ mojarosida vositachilik qilgan Fransiya, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhiga hamrohlik qilgan AQSH va Rossiya zo‘ravonlikni qoralagan.

BMT bosh kotibi Antonio Guterreshning vakili Stefan Dujarrik o‘z bayonotida «bosh kotib janglarni zudlik bilan tugatishga va barcha ishtirokchilarni vaziyatni yomonlashtirishning oldini olish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishga va provokatsion ritorikadan saqlanishga chaqirmoqda» dedi. Mazkur vaziyat borasida to‘la tafsilotlar ochiqlanmay qolmoqda.

Manba: Xabar.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kavkazning «tish og‘rig‘i»: Armaniston va Ozarbayjon chegarasida nimalar sodir bo‘lmoqda?