20:33 / 15.07.2020
3 961

Astronomlar koinotda ulkan «devor»ni aniqladi

Astronomlar koinotda ulkan «devor»ni aniqladi
Foto: Spacetelescope
Gavayi universiteti Astronomiya instituti olimlari ulkan kosmik «devor»ni aniqladi. Bu haqda The Astrophysical Journal jurnali xabar berdi.
Ulkan kosmik tuzilma Janubiy qutb devori nomini olgan. U diametri 520 million yorug‘lik yiliga teng Laniakeya galaktikalar to‘dasining ortida joylashgan bo‘lib, uni yarimshar shaklida o‘rab turadi.

Oldinlari kuzatuvlar vaqtida devorni ko‘rishga ulkan gaz-chang bulutlar xalaqit bergan. Astronomlar uning tuzilmasini galaktikalar tezligiga ta’sir ko‘rsatadigan gravitatsion tortishish effekti sabab «hisoblab olishga» muvaffaq bo‘lgan.

Astronomlarning ta’kidlashicha, kosmik ob’ektning eng zich qismi Janubiy qutb yo‘nalishida joylashgan. U osmon sferasida 200 darajaga yoyilgan va Yer bilan uning orasidagi masofa yarim milliard yorug‘lik yiliga teng.

Galaktikalar to‘dasi sekin-asta koinotdagi eng massiv galaktikalar to‘dasi — Shepli tomon harakatlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Astronomlar koinotda ulkan «devor»ni aniqladi