20:54 / 15.07.2020
2 752

Kolumbiyada qon bosimi ko‘tarilib, vafot etgan erkak o‘likxonada jonlandi

Kolumbiyada qon bosimi ko‘tarilib, vafot etgan erkak o‘likxonada jonlandi
Foto: Daily Mirror
Kolumbiyada tirik erkak o‘likxonaga yuborildi, keyin esa uni u yerdan chiqarishni istashmadi, deb yozadi Daily Mirror.
Kolumbiyaning Sinselexo shahrida yashovchi 67 yoshli erkak Xuan Xose Munos Romero yuqori qon bosimi bilan kasalxonaga yotqizildi. Tibbiy muassasaga olib kelinganidan bir necha kun o‘tib, erkakning oilasiga uning vafot etgani aytilgan.

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan erkakning jasadini qarindoshlariga berishmagan. Romeroning qizi yashirincha o‘likxonaga kirgan hamda otasining o‘ziga kelganini ko‘rgan.

Ayol otasini uyga olib ketmoqchi bo‘lgan, biroq o‘likxona xodimlari erkakning tirilganiga ishonmay, uni chiqarishdan bosh tortgan. Qizga otasining tirikdek tuyulganini esa o‘limdan keyin kuzatiladigan fiziologik reaksiyalar deb izohlashgan.

Ayol otasini baribir olib ketgan. Hozirda u boshqa shifoxonada davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyada qon bosimi ko‘tarilib, vafot etgan erkak o‘likxonada jonlandi