03:00 / 16.07.2020
7 318

12 yashar kelinchak: bir oyda ikki marta turmushga chiqdi...

12 yashar kelinchak: bir oyda ikki marta turmushga chiqdi...
Barchamizni xavotirga solayotgan pandemiya nafaqat insonlarning hayotiga balki, yosh-yosh qizlarning gul umrini ham xazon qilyapti. Negaki, qashshoqlik darajasi yuqori bo‘lgan Afrika davlatlarida ko‘p qalin puli evaziga voyaga yetmagan qizaloqlarni majburlab turmushga berish holatlari ham ko‘p kuzatilmoqda.

Bu haqida BBS nashrining bergan xabariga ko‘ra, Afrikaning Keniya davlatida 12 yashar qizchani o‘z otasining tazyiqi bilan 51 yashar odamga uzatilgan. Qaynota esa kuyovdan buning evaziga 4 ta sigirni qalin puli sifatida olgan. Qizni qarshilik ko‘rsatgani uchun jiyanlari kaltaklashgan. Qizaloq shundan so‘ng uydan qochib ketgan va otasining qahridan qo‘rqib o‘z uyiga bormagan. Ilojsiz qolgani uchun 35 yashar odamga turmushga chiqqan. Shundan so‘ng ota qizchani topib qaytarib olib keladi hamda yana 51 yashar kuyovning qo‘lida qoldiradi.

Bulardan xabar topgan Bolalar huquqlarini himoya qilish tashkiloti a’zosi Joshua Kaputah hukumat a’zolarini xabardor qiladi hamda qizchani qutqarish uchun u yerga yetib boradi. Ular yetib borishganda qizning otasi ham, ikkala kuyov ham qochib ketishgan edi. Hozirda hukumat aybdorlarga qidiruv e’lon qilgan. Keniya hukumati qonunlariga ko‘ra, 18 yoshga yetmagan o‘smirlar nikohi jinoyat hisoblanadi. Agarda aybdorlar qo‘lga tushsa, 5 yillik qamoq jazosi yoki 10000$ miqdorida jarimaga tortiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 12 yashar kelinchak: bir oyda ikki marta turmushga chiqdi...