12:33 / 16.07.2020
4 774

Muxlislari bilan turmush qurgan mashhurlar (foto)

Muxlislari bilan turmush qurgan mashhurlar (foto)
Shou-biznes vakillari hamisha ham hamkasblari bilan turmush quravermaydi. Ular orasida o‘z muxlislari bilan oila qurgan va baxtli hayot kechirib kelayotganlari ham yo‘q emas.

Jon Travolta

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktyorning rafiqasi «Briolin» filmini tomosha qilganidan keyin Travoltani sevib qoladi, ammo sevgisi bilan oradan o‘n yil o‘tibgina uchrashishga muvaffaq bo‘ladi. 1989 yilda«Mutaxassislar» filmida Jon bilan birga suratga tushishga muyassar bo‘lgan Kelli Preston aktyorda yaxshi taassurot qoldiradi va juftlik ko‘p vaqt o‘tmay turmush quradi.

Riz Uizerpsun

Foto: «Yandeks Dzen»
«Oskar» mukofoti sovrindori hisoblangan Riz hamkasbi Rayan Fillippga turmushga chiqqan va 2008 yilga qadar 10 yil birga hayot kechirgan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Jim Tot bo‘lsa, avvaldan aktrisani yoqtirgan, lekin uning oilasi bo‘lgani uchun munosabatdan umid qilmagan bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ayrilganini bilganidan keyin qalbiga yo‘l topishga harakat qilgan muxlisi bilan Riz 2011 yilda turmush qurgan.

Enn Xeteuey

Foto: «Yandeks Dzen»
Enning turmushi o‘rtog‘i ham uning muxlislaridan biri bo‘lgan. U vaqtda Adam Shulma endigina aktyorlik karerasini boshlagan bo‘lgan. Aktrisaning ko‘nglini olishga harakat qilishiga qaramay Enn turmush qurishga darhol rozilik bermagan va bunga avvalgi munosabatidagi xiyonat sabab bo‘lgan. Lekin Adam uni baxtli qilishiga ko‘zi yetganidan keyin oila qurishga qaror qilgan. 2012 yilda turmush qurgan juftlikning hozirda ikki farzandi bor.

Juliya Roberts

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisa hayotida sevgi qissalari ko‘p bo‘lishiga qaramay, turmushga chiqish uchun munosib inson sifatida muxlisi bo‘lgan, kinooperator Deniel Moderni tanlagan. «Meksikalik» filmining suratga olish jarayonida tanishgan juftlik 2002 yilda turmush qurgan. Biroq sal avvalroq, Roberts va uning turmush o‘rtog‘i ajrashmoqchiligi haqidagi xabar e’lon qilindi.

Kevin Beykon

Foto: «Yandeks Dzen»
«Oltin globus», «Saturn» kinomukofotlari sovrindori Kevin Beykon 30 yildan beri turmush o‘rtog‘i Kira Sejvik bilan baxtli turmush kechirib kelmoqda. Kira 1977 yil teatrlardan birida aktyor ijrosini ko‘rib, uning muxlisiga aylangan. Oradan 11 yil o‘tib esa juftlik munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan.

Patrik Dempsi

Foto: «Yandeks Dzen»
Patrik kunlardan birida sartaroshxona ishchisi bo‘lgan Jillian Fink bilan tanishadi va qizning unga muxlis ekani va u bilan uchrashishni orzu qilganidan xabardor bo‘ladi. Gaplashib, bir-birini tushunishni boshlagan juftlik oradan ko‘p o‘tmay turmush qurgan. 20 yildan buyon birga hayot kechirib kelayotgan er-xotin bugungi kunda 3 farzandni katta qilmoqda.

Kameron Dias

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisaning turmush o‘rtog‘i, Good Charlotte musiqiy guruhi a’zosi Benji Medden hisoblanadi. Ular 2012 yilda tanishgan va oradan uch yil o‘tib turmush qurishga qaror qilgan. Juftlikning hozirgi kunda bir qiz farzandi bor.

Nikolas Keyj

Foto: «Yandeks Dzen»
Nikolas ikki marta turmush qurgan va hayoti o‘xshamagan. Los-Anjelesdagi klublardan birida ofitsant bo‘lib ishlaydigan koreyalik Elis Kim aktyorning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. To‘satdan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan juftlik 12 yil birga hayot kechirgan.

Adam Sendler

Foto: «Yandeks Dzen»
Model sifatida faoliyat boshlagan Jeki Tituon aktyor Adam Sendler bilan tanishishni orzu qilgan. 1999 yilda aktyor rol ijro qilgan filmda suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lgan Jeki aktyor qalbidan joy oladi va juftlik oradan 4 yil o‘tib turmush quradi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muxlislari bilan turmush qurgan mashhurlar (foto)