14:43 / 16.07.2020
2 368

Ukrainalik teleboshlovchining old tishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida tushib qoldi (video)

Ukrainalik teleboshlovchining old tishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida tushib qoldi (video)
Kadr: Instagram
1+1 telekanalining TCH ko‘rsatuvi boshlovchisi Marichka Padalko to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida old tishidan ayrildi. Boshlovchi tushib qolgan tishini qo‘li bilan olib, hech narsa bo‘lmagandek dasturni davom ettirgan. Mazkur video Instagram’da paydo bo‘lgan.

«Hozirgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida boshlovchining old tishi tushib qoldi. Biroq u vahimaga tushib qolmadi, barakalla. Men yig‘lab yuborgan bo‘lardim», — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.

Bundan ikki kun oldin Padalko o‘zining Instagram’dagi sahifasiga ish joyida tushgan suratini joylashtirgan va ta’tildan qaytganini ma’lum qilgandi.

«Ta’til odatda juda tez tugaydi. Salom, sevimli ishim», — deb yozadi boshlovchi.

Foto: Instagram / Marichka Padalko

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainalik teleboshlovchining old tishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida tushib qoldi (video)