15:25 / 16.07.2020
2 366

AQSH va Xitoy raqobati: ikkinchi «sovuq urush»da kim g‘olib bo‘ladi?

AQSH va Xitoy raqobati: ikkinchi «sovuq urush»da kim g‘olib bo‘ladi?
AQSH Xitoy bilan savdo urushini boshlagach, 5G texnologiyasining yetakchilaridan biri bo‘lgan Xitoyning telekommunikatsiya va IT kompaniyasi Huawei’ni taqiqlab qo‘ydi. Bu payt Xitoyning Yevropa mamlakatlari, xususan, Buyuk Britaniyaga bosimi ortib borayotgandi. Endilikda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarning tazyiqi ostida qaror qabul qilishda qiynalishmoqda.

Raqobat pandemiya fonida portlovchi qorishmaga aylanmoqda
AQSH Xitoyning Janubiy Xitoy dengizining ba’zi mintaqalaridagi suverenitet huquqini tan olmasligini e’lon qildi. Ikki davlatning harbiy kemalari bu mintaqada tez-tez to‘qnash kelmoqda va bir-birlarining qat’iyatlarini sinab ko‘rishmoqda. AQSHning Covid-19 epidemiyasida Xitoyni ayblashi ham ikki mamlakat o‘rtasidagi tanglikni yanada kuchaytirdi.

Bunday sharoitda AQSH va Xitoy o‘rtasida yangi «sovuq urush» boshlandimi?», «Bu urushda kim g‘olib chiqadi?», «Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Hindiston kabi markazlarning «sovuq urush»ga munosabati qanday bo‘ladi?» kabi savollar tug‘ilishi ortidan kelajak haqidagi xavotirli munozaralar kuchaymoqda.

Chunki tarixdan ma’lumki, bir «super kuch»ning qarshisida yangi bir «super kuch» paydo bo‘lganda, xalqaro munosabatlarning qoidalari va dinamikasi tezda o‘zgara boshlaydi.

Ta’kidlash joizki, ikki kuch o‘rtasida nafaqat iqtisodiy, siyosiy va texnologik, balki harbiy raqobat ham borgan sari kuchaymoqda. «Ikkilamchi kuchlar» ushbu to‘qnashuvda o‘z o‘rnini topishga va ikki tomondan birini tanlashga majbur bo‘lishi sababli xalqaro beqarorlik kuchayib bormoqda. Agar ushbu ziddiyat tarkibiga pandemiya va tarixda misli ko‘rilmagan iqtisodiy inqirozni ham qo‘shadigan bo‘lsak, u naq portlovchi qorishmagan aylanadi. Ayniqsa, «super kuch»lardan birining kun tartibida boshqaruv o‘zgarishi, prezidentlik va Senat saylovlari turgan bo‘lsa...

«Chimerica» orzusi qanday barham topdi?

Foto: Getty Images
«Sovuq urush» davrida AQSHdagi Nikson ma’muriyati sovetlar ittifoqini yakkalab qo‘yish uchun Xitoy ma’muriyati bilan hamkorlik qilish jarayonini boshladi.

1978 yildagi islohotlar bilan Xitoy ma’muriyati o‘z iqtisodiyotini xalqaro kapitalga ochgandan keyingi jarayon 2007 yildagi jahon moliyaviy inqirozi va Donald Tramp AQSH prezidenti bo‘lgunga qadar, ayniqsa, 2007 yilda Xitoyning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgunicha kuchayishda davom etdi.

Ushbu davrda AQSH va G‘arbiy kapitalizm o‘rtacha yillik 10 foiz o‘sishda davom etayotgan Xitoy iqtisodiyotidan investitsiya maydoni va bozor sifatida foyda ko‘rdi.
Shuningdek, Xitoy ham iqtisodiy va texnologik rivojlanishini jadallashtirishga imkon beradigan resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu orada AQSH va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy simbioz aloqasi shakllandi.

Xitoy AQSH zayomlarini sotib olgan, AQSHdagi manbalar yordamida u o‘zining iqtisodiy o‘sishini moliyalashtirgandi. AQSH ham Xitoyda arzon narxlardagi ishchi kuchi bilan ishlab chiqarilgan asosiy iste’mol tovarlarini import qilish orqali ishchi sinfining farovonligini saqlab qolish imkoniga ega bo‘lgandi. Xitoy, shuningdek, 3 trln dollarga yetishi mumkin bo‘lgan xorijiy valyuta zaxirasini to‘plashda davom etdi.

Ushbu o‘zaro bog‘liqlik xalqaro munosabatlarda ham o‘z aksini topdi, garchi Xitoy vaqti-vaqti bilan BMT Xavfsizlik Kengashidagi rahbarlikni shubha ostiga qo‘ysa-da, G‘arb markazli globallashuv qoidalarni qabul qilganday ko‘rinardi.

Ushbu muhitda ba’zi bir sharhlovchi va tarixchilar AQSHning asosiy kuch bo‘lishiga imkon beruvchi «Chimerica» ​​(Xitoy+Amerika) munosabatlarini tasavvur qila boshladilar. 2007 yilda jahon iqtisodiyoti chuqur moliyaviy inqiroz tufayli tebranib, AQSH va Yevropa past darajada o‘sish kuzatilgan «uzoq turg‘unlik» jarayoniga kirgach, «globallashuv jarayoni teskarisiga aylanayotgani» haqidagi munozaralar avj oldi va shu tariqa «Chimerica» ​​orzusi barham topdi.

«Uzoq turg‘unlik» davrida Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi og‘irligi tez sur’atlar bilan o‘sib bordi. Shu asno Xitoy dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotiga aylandi. Endi Xitoy xalqaro bozorlarda eng yuqori qarz va tashqi yordam beruvchi davlatga aylangandi. Uning energetika, moliya va telekommunikatsiya kompaniyalari dunyo reytingidagi ilk o‘nlikka kirdi. G‘arbning yirik kompaniyalari va ta’minot zanjirlarida ham Xitoy «ajralmas halqa»ga aylandi. Qolaversa, Tramp ma’muriyati AQSHda anti-globallashuv pozitsiyasini ishlab chiqayotgan edi.

«Xitoy uslubi»dagi globallashuv nima?
O‘z navbatida, Xitoy «Bir yo‘l bir avlod» loyihasi va uni qo‘llab-quvvatlaydigan Osiyo infratuzilma investitsiya banki kreditlari bilan globalizatsiya jarayonini qabul qilmoqda. Tinch okeani sohilidan Markaziy Atlantika va Yevropadan Atlantika sohiligacha bo‘lgan hududda ma’lum ma’noda «globallashuv»ni barpo etishga hozirlanmoqda. Ushbu yangi «Xitoy uslubi»dagi globallashuv yordamida Xitoy arzon va qulay shartlardagi kreditlar hamda iqtisodiy yordam orqali Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi kabi «rivojlanayotgan bozor»lar bilan munosabat o‘rnatdi, strategik nuqtalardagi portlarni qo‘lga kiritdi.

Xitoy Jibutida harbiy baza qurdi. Harbiy xarajatlar miqdori bo‘yicha esa AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

2000-yillarda Xitoy Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzdi. XVJ va Jahon Banki kabi xalqaro tashkilotlarda, ayniqsa, BMT doirasida uning ta’sir doirasi tez o‘sdi. 2019 yilda Xitoy AQSH nomzodini mag‘lub etib, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO – Food and Agriculture Organization of the United Nations) raisligini qabul qildi. Bugungi kunda BMTning 15 xususiy agentliklarining to‘rttasida Xitoy vakillari bor.

Xitoy, shuningdek, texnologiyada katta yutuqlarga erishmoqda. Endilikda u superkompyuterlar, sun’iy intellekt, kosmik tadqiqotlar, «Kvant aloqasi» kabi sohalarda dunyoning yetakchisiga aylanish arafasida. Ta’kidlash joizki, Xitoyning iqtisodiy va texnologik rivojlanishi va uning xalqaro nufuzini oshirish jarayonining ikkinchi tomonida davlatni yanada markazlashtirish yotibdi. Internet va ijtimoiy media platformalari nazorat qilinmoqda, dunyodagi eng ilg‘or kuzatuv va monitoring texnologiyalari ishlab chiqilmoqda, muxoliflarning ovozlari o‘chirilmoqda va tobora avtoritar-millatchilik, hatto «imperial» iddaolar ilgari surilmoqda.

Tabiiyki, AQSH xavfsizlik doiralari ushbu voqealarni tashvish bilan kuzatmoqda. Ular Xitoyning yuksalishini to‘xtatish, raqibning superqudrat mavqega erishishiga to‘sqinlik qilish yo‘llarini izlashmoqda. Endilikda Pentagon va AQSH Tashqi ishlar vazirligining hisobotlarida Xitoy «strategik raqib» sifatida tilga olinmoqda. Yangi «sovuq urush» tushunchasi xalqaro munosabatlarda munozara mavzusiga aylanib bormoqda.

«Sovuq urush» optimistik variantmi?
So‘nggi yillarda Xitoy rahbariyati tashqi siyosat masalalari bo‘yicha ko‘proq gapirishga va global liderlik niyatlarini yanada aniqroq ifoda etishga kirishdi.
Biroq bu da’volar va bayonotlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish hali ham aniq emas.

Shu ma’noda, siyosiy byuro a’zosi, XXR raisi Si Jinpingning eng nufuzli maslahatchisi Vang Shing tomonidan XXI asr Xitoy ijodkorligining eng go‘zal namunasi sifatida baholangan, dunyo miqyosida ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan Lui Sishinning «Uch ommaviy muammo2», «Qorong‘u o‘rmon» va «O‘limning oxiri» trilogiyasi ayni masalani oydinlashtirishda yordam beradi.

Trilogiyada keltirilishicha, Xitoy o‘zini AQSH va G‘arb tomonidan nishonga olingan, deb hisoblaydi. Boshqa tomondan, u mamlakatning tobora kengayib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun mamlakat ichi va Hongkongdagi «beqarorlashtiruvchi elementlar»ni bostirar ekan, mamlakatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun global maydonda resurslarni taqsimlash bo‘yicha raqobatda ustun mavqega ega bo‘lishga alohida e’tibor bermoqda. Bu ustunlikni yaratish va saqlab qolishda esa texnologik rivojlanish, harbiy kuch, shuningdek, moliyaviy resurslar hal qiluvchi ahamiyatga ega.

AQSHning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjerning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda AQSH va yaqinda paydo bo‘lgan yangi «super kuch» - Xitoy o‘rtasida «sovuq urush» bo‘lishi muqarrar.

Tarixchi Nayl Fergyusonning ta’kidlashicha, Xitoy allaqachon «sovuq urush»ni e’lon qilgan, ya’ni ikki mamlakat yangi «sovuq urush» va «qorong‘i o‘rmon» yoqasida.
Agar iyun oyi va iyul oyining birinchi haftasida Janubiy Xitoy dengizida nima bo‘lganiga e’tibor qaratilsa, «sovuq urush» optimistik variant.

AQSH Xitoyni Janubiy Xitoy dengizidagi sun’iy orollarga harbiylarini joylashtirishda ayblab keladi
Iyun oyi oxirida Xitoy harbiy-dengiz floti yangi orollar yaqinida raketa tashuvchi Yulin va Hohnot frigatatsiyalari tomonidan yo‘q qilinadigan flot ishtirokida keng miqyosli manevr o‘tkazdi. Ushbu manevr yakunlanishidan oldin, AQSH bir vaqtning o‘zida ikkita samolyot tashuvchisi - USS Ronalmd Reygan va USS Nimitz bilan «xayoliy» dushmanning nishonlariga uzoq muddatli va keng qamrovli hujum simulyatsiyasini o‘tkazdi.

Har qanday vaqtda «baxtsiz hodisa» ro‘y berishi mumkin
Bir-birlarini provokatsiyada ayblashni kanda qilmaydigan bu ikki davlat mintaqada juda murakkab ittifoqlarga ega. Hindiston va Pokiston bilan murakkab iqtisodiy siyosiy aloqalar, Janubiy Koreya-Shimoliy Koreya, Tayvan, Hongkong kabi strategik nuqtalardagi iqtisodiy va geostrategik manfaatlar va qarama-qarshiliklar shular jumlasidandir.

Ushbu murakkablik va kuch-quvvat muhitida har qanday vaqtda «baxtsiz hodisa» ro‘y berishi mumkin. Ya’ni harbiy mojarolarning keng ko‘lamli xavfi kundan-kunga oshib bormoqda. Bugungi kuning eng asosiy savollaridan biri esa shu: «Ikkinchi «sovuq urush»da kim g‘olib bo‘ladi?»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Xitoy raqobati: ikkinchi «sovuq urush»da kim g‘olib bo‘ladi?