23:55 / 16.07.2020
5 096

«COVID-19»ning og‘ir shakli: organizmga nima yetishmasligi aniqlandi

«COVID-19»ning og‘ir shakli: organizmga nima yetishmasligi aniqlandi
Fransuz olimlari koronavirusning og‘ir shaklidan qiynalayotgan bemorlarga xos umumiy alomatni aniqlashdi, deb xabar berdi «RIA Novosti». Tadqiqot natijalari «Science» jurnalida yoritildi.

Olimlar tadqiqot davomida kasalligi turli simptomlar (yengil yo‘taldan tortib nafas yetishmasligigacha) bilan kechayotgan, o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash qurilmasiga ulab qo‘yilgan 50 nafar bemorni o‘rganishdi. Bemorlardan olingan biomateriallar tekshirilishi asnosida kasalligi og‘ir kechayotganlarga xos umumiylik topildi — ularning barchasida interferon tanqisligi yuzaga kelgan hamda kuchli yallig‘lanish kuzatilgan.

Xususan, og‘ir kasallarda organizm virusga qarshi kurashishda ishlab chiqarishi lozim bo‘lgan I toifali interferon yetishmasligi qayd etilgan. Uning ishlab chiqarilishi koronavirus infeksiyasi rivojlanishini sekinlashtiradi.

Shu tariqa fransuz olimlari kasallar tuzalishida interferon hal qiluvchi rol o‘ynaydi degan xulosaga kelishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «COVID-19»ning og‘ir shakli: organizmga nima yetishmasligi aniqlandi