23:38 / 20.07.2020
2 261

COVID-19 dan keyingi dunyo mehmonxonalari taqdiri qanday bo'ladi?

COVID-19 dan keyingi dunyo mehmonxonalari taqdiri qanday bo'ladi? Dunyoda yuz berayotgan pandemiya sabab yana bir to‘xtab qolgan sohalardan biri bu turizmning asosini tashkil etuvchi mehmonxona biznesidir. Ulkan va hashamatli brend mehmonxonalarga ega bo‘lish har bir davlatning turizm salohiyatini belgilab beradi. Turizm sohasi 2019 yil mart-aprel oylariga qadar o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqdi desak, mubolag‘a bo‘lmasdi. Biroq dunyo bo‘ylab avj olib ketgan koronavirus sababli sayyohlar soni keskin tushib ketdi, ular sayohat qilib dam olishdan ko‘ra uylarida o‘z salomatligini asrashni o‘ylamoqdalar. Pandemiya qachon tugashi noma’lum bo‘lsada, ulkan mehmonxonalar tizimi hozirdanoq COVID-19 dan keyingi faoliyatini rivojlantirib, kerakli va istiqbolli chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdalar. Bunda sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan Whispr platformasi ham asqotadi. Ushbu platforma ovozli buyruqlarni qabul qilib, o‘z vazifasini bajargani bois tozalik va sanitariya ishlarida foydalaniladi. Staymyway bu mehmonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonalariga borish, qabul stolida navbatga yozilish, mehmonxonaga kirish, spa va boshqa mehmonxona xizmatlaridan mobil qurilma orqali foydalanish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, mehmonxona biznesida mobil kalit va raqamli ro‘yxatdan o‘tish uchun yechimdir. Portier platformasi "aloqasiz muloqotni" targ‘ib qilish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, mehmonxona xodimlari har doim yuzma-yuz muloqotlarsiz o‘z ishlarini davom ettirishlari mumkin. Yana bir qulay platforma bu Kitch bo‘lib, bunda ovqatlanish uchun buyurtmalar qabul qilinadi va yetkazib beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19 dan keyingi dunyo mehmonxonalari taqdiri qanday bo'ladi?