10:48 / 17.07.2020
1 364

Olimlar nima sababdan testlar doim ham koronavirusni aniqlamayotganiga izoh berdi

Olimlar nima sababdan testlar doim ham koronavirusni aniqlamayotganiga izoh berdi
Foto: EPA
Ayrim testlar yetarli darajada sezgir emas va koronavirusga qarshi antitana miqdori kam bo‘lsa, uni payqamay qolishi mumkin. Bu haqda Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi Sog‘liqni saqlash instituti direktori Larisa Papovichga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Bundan tashqari, agarda testlar antigenlarni noto‘g‘ri tanlasa, koronavirus o‘rniga boshqa viruslardan qolgan izlarni aniqlashi mumkin.
«Ba’zi hollarda genom bo‘lagi noto‘g‘ri tanlangani sabab xato natijalar chiqadi», — deydi Popovich. Shu sababli kasallik alomatlari mavjud bo‘lsa, bir necha bor test topshirish kerak.

Xalqaro tibbiyot klasteri fondi bosh direktorining maslahatchisi, tibbiyot fanlari nomzodi Yaroslav Ashixminning ta’kidlashicha, insonda ikkita immunitet tizimi mavjud. Koronavirusga test olish vaqtida asosiy e’tibor antitana ishlab chiqaruvchi immunitet tizimiga qaratiladi, chunki kasallarning asosiy qismi antitanalarga qarab baholangan.

Biroq antitanalardan boshqa hujayra immuniteti ham mavjud bo‘lib, inson kasallikka chalinganida, xususan, koronavirus yuqqani sezilmaydigan darajada ishga tushadi.

Koronavirus kasalligi insonlarda alomatsiz o‘tayotganiga sabab hujayra immuniteti tizimi uni yengishga muvaffaq bo‘lgani va organizm antitana hamda immun tizimini ishga tushirmaganini bildiradi. Hujayra immunitetining ishlayotganini aniqlash juda murakkab, bu kabi testlar bilan faqat sanoqli laboratoriyalar shug‘ullanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)