21:57 / 17.07.2020
4 559

Shifokor koronavirusga qarshi vaksina qanday bemorlarga to‘g‘ri kelmasligini aytdi

Shifokor koronavirusga qarshi vaksina qanday bemorlarga to‘g‘ri kelmasligini aytdi
Foto: Reuters
COVID-19ga qarshi vaksina immun tizimining og‘ir surunkali kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlardan tashqari, barchaga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Rossiya epidemiologiya va mikrobiologiya markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

"Vaksina barchaga to‘g‘ri keladi. Yagona istisno - immun tizimining og‘ir surunkali kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlar", - dedi Ginsburg.
Uning aniqlik kiritishicha, har qanday vaksinatsiya immun tizimi uchun stress bo‘lib, u surunkali kasallikni kuchaytirishi mumkin.

Bunday bemorlar emlashdan oldin immunolog shifokor bilan maslahatlashishi kerak, deb qo‘shib qo‘ydi Ginsburg.
Ayni vaqtda dunyoning bir nechta mamlakatlarida koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shifokor koronavirusga qarshi vaksina qanday bemorlarga to‘g‘ri kelmasligini aytdi