17:48 / 18.07.2020
3 304

Afrika qit’asi bo‘linib ketishi va uning o‘rnida okean paydo bo‘lishi bashorat qilinmoqda

Afrika qit’asi bo‘linib ketishi va uning o‘rnida okean paydo bo‘lishi bashorat qilinmoqda
Foto: Legion Media
Afrikaning sharqiy qismida tektonik bo‘linish kuzatilmoqda. Olimlarning fikricha, bu yerda million yildan keyin okean paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi NBC News.

Qit’aning ushbu hududi bir-biridan juda sekinlik bilan ajralayotgan uchta tektonik plita ustida joylashgan. Olimlarning kuzatishicha, ushbu murakkab jarayon oxir oqibat Afrikani ikkiga bo‘lib yuboradi. Ayni vaqtda bunga Efiopiya sahrosida (Afar tumani) paydo bo‘lgan uzunligi 56 kilometrdan ortiqroq yoriq dalil sifatida keltirilmoqda.

Yangi Orlean universitetidan bo‘lgan geolog Sintii Ebinjerning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yoriq 2005 yilda bir necha kun davomida paydo bo‘lgan. Odatda bu kabi yoriqlar tektonik plitalarning bir necha yuz yillar davomidagi harakati natijasida paydo bo‘ladi. Uning hisoblashicha, mazkur o‘zgarish ko‘tarilayotgan magma bosimining ortishi hisobiga yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, u Afar hududi sayyoradagi eng issiq joy ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Bu yerda kunduzi harorat 55 daraja Selsiyga yetsa, kechasi 35 daraja atrofida bo‘ladi.

Olimlarning ma’lum qilishicha, yoriqning paydo bo‘lishi nafaqat qit’aning bo‘linishiga, balki okean paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Texnologiyalar rivojlanib ketganligi sabab olimlar plitalarning harakatlanish tezligini aniq kuzata oladi.

«GPS yordamida tezlikning yiliga bir necha millimetrga qadar o‘zgarishini o‘lchash mumkin. Bu esa sodir bo‘layotgan hodisa haqida ko‘proq tasavvurga ega bo‘lishimizga yordam beradi», — deydi Kaliforniya universiteti professori Ken Makdonald.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrika qit’asi bo‘linib ketishi va uning o‘rnida okean paydo bo‘lishi bashorat qilinmoqda