23:55 / 18.07.2020
3 260

BMT Bosh kotibi: «Yerdagi boyliklarning yarmi 26 kishining qo‘lida»

BMT Bosh kotibi: «Yerdagi boyliklarning yarmi 26 kishining qo‘lida»
Antoniu Guterrish. Foto: «Un.org»
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzida aksariyat odamlar o‘sib borayotgan tengsizlik, qashshoqlik va ochlik sharoitida yashayotgan bir paytda sayyoramiz boyliklarining yarmi 26 nafar inson qo‘lida ekanini ta’kidladi. Antoniu Guterrish bugun, 18 iyul kuni Nelson Mandela xotirasiga bag‘ishlab ma’ruza o‘qidi.

«Tengsizlik — davrimizga xos xususiyat bo‘lib qoldi. Daromadlar va ish haqlari nuqtai nazaridan sayyoramizning qariyb 70 foiz aholisi o‘sib borayotgan tengsizlik sharoitida yashayapti, shu bilan birga, Yer boyliklarining yarmiga atigi 26 kishi egalik qilmoqda», — dedi Bosh kotib.

Antoniu Guterrish zamonaviy dunyoda odamlarning farovonligi hamon ularning jinsi, oilaviy va etnik kelib chiqishi, irqi, nogironligi va hokazo omillarga bog‘liqligiga e’tiborni qaratdi. Tengsizlik muammosiga koronavirus pandemiyasi katta ta’sirini o‘tkazdi: dunyo iqtisodiy jihatdan yanayam zaif holatga tushdi.

«Rivojlanayotgan mamlakatlarning nafaqat qarzlaridan kechish, balki o‘zlarini o‘nglab olishlari uchun maxsus huquqlar taqdim etilishi darkor. Taraqqiy etgan mamlakatlar o‘z iqtisodiyotlarini qo‘llab-quvatlash uchun trillionlab sarflaydi. Afrika mamlakatlarida ham bunday imkoniyat bo‘lishi zarur. Ularga YAIMning 10 foizi hamda 200 milliard dollarlik transfer ko‘rinishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlov kerak», — ta’kidladi Antoniu Guterrish.

BMT Bosh kotibi o‘z ma’ruzasida, shuningdek, pandemiya oqibatida insoniyat Ikkinchi jahon urushidan beri eng global retsessiya hamda 1870 yildan beri eng katta daromadlar yo‘qotishiga uchraganini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Bosh kotibi: «Yerdagi boyliklarning yarmi 26 kishining qo‘lida»