07:28 / 19.07.2020
1 708

Bangkokda namoyishchilar parlamentni tarqatib yuborish va konstitutsiyani qaytadan yozishni talab qildi

Bangkokda namoyishchilar parlamentni tarqatib yuborish va konstitutsiyani qaytadan yozishni talab qildi
Tailand poytaxtidagi Demokratiya yodgorligi oldida yuzlab namoyishchilar hukumatdan parlamentni tarqatib yuborish va amaldagi konstitutsiyani qaytadan yozishni talab qildi.

Ushbu aksiya "Erkin yoshlar" guruhi tomonidan tashkillashtirildi, deb yozadi Bangkok Post gazetasi.
"Erkin yoshlar" rahbari Tattep Riangpraraykitseri a’zolari orasida koronavirus yuqtirganlar bo‘lgan Misr harbiy delegatsiyasi haqida gapirdi.

"500 mingga yaqin kishi ishini yo‘qotmoqda. Kasallik tarqalishi deyarli to‘xtatilgandi, ammo hukumat cheklovlarni olib tashladi va kasallikka chalingan vip-mehmonlarni mamlakatga kiritdi", - dedi u.
Pandemiya boshlanganidan buyon Tailandda koronavirus yuqtirganlar soni 3200dan oshgan, 246 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangkokda namoyishchilar parlamentni tarqatib yuborish va konstitutsiyani qaytadan yozishni talab qildi