23:44 / 19.07.2020
2 020

Bollivud yulduzlarini to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

Bollivud yulduzlarini to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?
Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivud yulduzlari muxlislari to‘yiga mehmon sifatida tashrif buyurishi, qo‘shiq kuylab raqsga ham tushishi mumkin. Buning uchun katta miqdorda pul to‘lansa, kifoya. Shohrux Xondan tashqari, Ritik Roshan, Kangan Ranaut va Malayka Arora Xonlar ham to‘ylarda chiqish qilishga qarshi emas.

Aktyor va aktrisalar o‘z qadrdonlari to‘yiga tashrif buyurgandek kulib chiqishlari, bir necha daqiqa ishtiroklari uchun qancha haq so‘raydi? Ushbu savolga quyida javob berib o‘tamiz​.

Priyanka Chopra

Foto: «Yandeks Dzen»
Mahoratli va go‘zal aktrisa to‘yida ishtirok etishini istaganlar, 99 yoki 106 ming dollar to‘lashi kerak bo‘lgan. Lekin Amerikaga kelin bo‘lganidan keyin aktrisa bu kabi marosimlarda qatnashishni bas qilgan.

Katrina Kaif​

Foto: Mid-day
Katrina Kaifning to‘yga mehmon sifatida qatnashishi uchun bo‘lsa, 120 ming dollar to‘lanishi kerak.

Ritik Roshan​

Foto: India TV News
Qoyilmaqom raqs ijro etadigan Ritik Roshan bo‘lsa, bir chiqishi uchun 133 ming dollar talab qiladi.

Salmon Xon​

Foto: Getty Images
Salmon Xon o‘ziga belgilagan narxdan, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqoriligini bilsa bo‘ladi. Aktyorning ishtiroki uchun 266 ming dollar to‘lanishi kerak.

Shohrux Xon ​

Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivud qiroli Shohrux Xon eng qimmatli mehmon hisoblanadi, yoshlar to‘yiga aktyor tashrif buyurishi uchun 333 yoki 400 ming dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Lekin bu hammasi emas, BAAda yashovchi juftlik Shoxruh Xonning to‘ydagi ishtiroki uchun 1 067 718 dollar to‘lagan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Kangana Ranaut to‘yda qatnashishi uchun boshqalarga qaraganda kam — 66 ming dollar so‘raydi. Ranbir Kapur, 99 yoki 133 ming dollar berilsagina ishtiroki bilan muxlislarni xushnud qiladi.

Ammo Karina Kapur, Jon Abraham, Sonam Kapur va Shahid Kapurlar esa qancha pul taklif qilinishidan qat’i nazar, to‘y, tug‘ilgan kun va ziyofatlarda ishtirok etmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)