09:53 / 22.07.2020
2 346

Fil hujumidan nobud bo’lgan qizaloq

Fil hujumidan nobud bo’lgan qizaloq
Shri-Lankada boshqa mamlakatlarga nisbatan insonlar va fillar o‘rtasida ko‘plab ziddiyatlar yuzaga kelib turadi. Har yili 70 kishi hamda 250 dan ortiq fillar nobud bo‘ladi. Bu kabi ziddiyatlar, to‘qnashuvlar asosan fuqarolar urushi davridagi tashlandiq yerlarda tez-tez kuzatilib turiladi.

O‘tgan iyun oyida 6 yoshli Sulojini va uning otasi Raja Turay quyosh botayotgan mahali uyga qaytayotgan bir paytda butaning orasidan fil paydo bo‘lib, ularga hujum qiladi. “Fil bor kuchi bilan bizni ko‘tarib olib, yerga zarb bilan tashladi”, - deb eslaydi Raja Turay. “Afsuski men hushimni yo‘qotgan edim. O‘zimga kelib qarasam, qizim allaqachon jon taslim qilgan ekan”.

Matbuotchilarning xabar berishicha, ushbu voqea Shri-Lankaning sharqiy hududida joylashgan Thurai qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fil hujumidan nobud bo’lgan qizaloq