07:23 / 21.07.2020
6 963

Dafn marosimidan to‘rt oy o‘tib, marhumni qabristonda tirik holda topishdi

Dafn marosimidan to‘rt oy o‘tib, marhumni qabristonda tirik holda topishdi
Illustrativ foto
Misrda dafn marosimidan to‘rt oy o‘tib, marhum erkakni qabristonda tirik holda topishdi. Bu haqda «Youm 7» portali xabar berdi.
Muhammad al-Gamal shu yil yanvarida yo‘qolib qolgandi. Oilasi uni qancha izlamasin, behuda ketdi. Ular jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Al-Gamal ruhiy xasta bo‘lib, tez-tez uyidan ketib qolish odati bo‘lgan.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib, misrlikning oilasiga mahalliy shifoxonada ishlovchi qarindoshi telefon qilib, bu yerga erkak kishining jasadini olib kelishganini aytadi. Deyarli barcha yaqinlari jasad Al-Gamalniki ekanini tasdiqlashadi.

Jasaddan DNK namunasi ham olingan, biroq oilasi test natijalarini ham kutmay uni mart oyida dafn qiladi.
Oradan to‘rt oy o‘tib bir necha yoshlar kechasi qabristonda tentirab yurgan bir odamni ko‘rib qolishadi. Politsiya mahkamasiga keltirilgan bu odam yo‘qolgan Al-Gamal bo‘lib chiqdi... U shuncha payt qayerda bo‘lgan — noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dafn marosimidan to‘rt oy o‘tib, marhumni qabristonda tirik holda topishdi