09:00 / 21.07.2020
2 728

Eronda AQSHga josuslik qilib, Sulaymoniy haqida ma’lumot berib turgan shaxs qatl etildi

Eronda AQSHga josuslik qilib, Sulaymoniy haqida ma’lumot berib turgan shaxs qatl etildi
Foto: Global Look Press
Eronda AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi va «Mossad» razvedkasi foydasiga josuslik qilish ishi bo‘yicha tarjimon Mahmud Musaviy-Majid qatl etildi, deb xabar bermoqda Mizan Online.

Majid — Eron fuqarosi bo‘lib, Suriyada yashagan. Ayblovga ko‘ra, u pul evaziga Amerika va Isroil razvedkasiga Eron Qurolli Kuchlari, yuqori martabali harbiylari, shu jumladan, general Qosim Sulaymoniy harakatlari haqida ma’lumot berib turgan.

Biroq Eron Oliy sudi uning ishi Sulaymoniyning o‘ldirilishi bilan bog‘liq emasligi va Musaviy-Majid 2018 yildayoq hibsga olinganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni AQSH havo kuchlari tomonidan Bag‘dod aeroportiga berilgan aviahujum oqibatida o‘ldirilgandi. Zarba AQSH prezidenti Donald Tramp farmoyishiga asosan berilgan.

U IIMKni terrorchilik tashkiloti deb hisoblagan va Qosim Sulaymoniyni mintaqada, xususan, Iroqda bo‘lib turgan amerikalik diplomatlar va harbiylarga hujum qilishni rejalashtirganlikda ayblagan. Eron esa unga javoban Iroqdagi Amerika bazasiga hujum qilgan. Buning oqibatida 100 dan ortiq amerikalik jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda AQSHga josuslik qilib, Sulaymoniy haqida ma’lumot berib turgan shaxs qatl etildi