09:45 / 21.07.2020
4 801

Oxirzamon xavotirida dasturiy kodlar Arktikadagi omborga yashirildi

Oxirzamon xavotirida dasturiy kodlar Arktikadagi omborga yashirildi
Foto: Wikiway
IT-loyihalarga mo‘ljallangan GitHub nomli yirik veb-servis oxirzamon xavotirida har ehtimolga qarshi dasturiy kodlarini Arktikaga yashirib qo‘ydi. 21 terabayt ma’lumot endilikda Shimoliy Muz okeanidagi Shpitsbergen orolida joylashgan yerosti omborida saqlanmoqda, deb yozadi ZD Net.

Ma’lumotlar uzunligi 1066 metrga teng maxsus plyonkaga joylashtirilgan. Ekspertlarning hisoblashicha, ushbu ma’lumotlar omborda ming yildan ortiqroq vaqt davomida yotadi.
Ma’lumotlar internetga kirish imkonsiz sharoitda saqlanmoqda, shu sababli xakerlar unga hujum qila olmaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, plyonkalar geosiyosiy nuqtai nazardan eng xavfsiz joyda saqlanmoqda. Shuningdek, ombor tabiiy ofatlardan ham ishonchli himoyalangan. Bu yerda Butunjahon urug‘ ombori ham joylashgan bo‘lib, unda sayyoradagi barcha mavjud qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining urug‘ namunalari va Vatikanning maxfiy arxivi saqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oxirzamon xavotirida dasturiy kodlar Arktikadagi omborga yashirildi