06:56 / 23.07.2020
2 689

AQSH kasalxonalari COVID-19 bilan kasallangan bemorlar hayoti uchun jadal kurashishmoqda

AQSH kasalxonalari COVID-19 bilan kasallangan bemorlar hayoti uchun jadal kurashishmoqda
Xyustondagi tibbiyot markazi butun COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun ishlab kelmoqda. Ming afsuslar bo‘lsinki, hafta boshida bir bemorni shifokorlar qutqarishga muvaffaq bo‘la olishmadi.

Shifokor Jozef Varon boshchiligidagi 10 nafar tibbiyot xodimlaridan iborat guruh Latino merosiga ega 66 yoshli amerikalik bemorga qo‘ldan kelgancha qarashayotgan edi.

Birdaniga uning kislorod darajasi pasayib ketdi. Shu payt Varon uni ventilatorga yotqizishni buyurdi. Bemorning kislorod miqdorini tiklay olmagach, tibbiyot xodimlari bemor ko‘kragiga zarba berib ko‘rishdi. Qolaversa, yurakni stimulyatsiya qiluvchi gormon, ya’ni epinefrinni ham yuborishdi. Ammo bemorni saqlab qolisholmadi.

Shifokor Jozef Varon shunday deydi : “Barcha harakatlarni amalga oshirgan bo‘lishimizga qaramasdan, biz muvaffaqiyatsizlikka duch kelyapmiz. Ko‘rib turganimizdek, eng katta muammo mana shu COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lmoqda“.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH kasalxonalari COVID-19 bilan kasallangan bemorlar hayoti uchun jadal kurashishmoqda