19:20 / 23.07.2020
2 941

Rossiyada koronavirusni takroran yuqtirib olish holati aniqlandi

Rossiyada koronavirusni takroran yuqtirib olish holati aniqlandi
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Vladimir oblastida koronavirusni takroran yuqtirib olish holati aniqlandi.
Bu haqda hudud rahbari Vladimir Sipyagin «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Sipyagin so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlaridan biri infeksiyani takroran yuqtirib olgan. Birinchi va ikkinchi kasallanish holati orasidan 2 oy vaqt o‘tgan. Avval Rossiya hududida koronavirusni takroran yuqtirib olish holatlari to‘g‘risida xabar berilmagan edi.

Sipyagin odamlarni xavfsizlik choralariga amal qilishga, surunkali kasalliklarga ega 65 yoshdan kattalarni esa o‘zini yakkalash rejimiga amal qilishga chaqirdi.

Avvalroq davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Kun.uz muxbirining koronavirusni qayta yuqtirish mumkinmi degan savoliga javob berar ekan, virusli kasallikni yuqtirib, sog‘ayganlar qaytadan bu kasallikka chalinmasligini, aksincha uning boshqacharoq namunasiga chalinishi mumkinligini bildirdi.

«Kasallikning qaytalanishi, ya’ni bir odamning ikki marotaba bir kasallik bilan xastalanishi haqida gap ketayotgan paytda, biz aniq bilamiz, virusli, ayniqsa, o‘sha respirator kasalliklar bilan og‘rigan insonlarning immun tizimi ularning qaytadan ushbu kasallik bilan kasallanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ularda orttirilgan immunitet shakllanadi», - dedi Davlat bosh sanitariya inspektori AOKAda tashkil etilgan brifingda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusni takroran yuqtirib olish holati aniqlandi