20:16 / 23.07.2020
6 685

O‘zbek yigitlari Rossiyada qahramonga aylanishdi (video)

O‘zbek yigitlari Rossiyada qahramonga aylanishdi (video)
Foto: «CentralAsia»
Rossiyaning Podolsk shahrida 4-qavat balkonidan tushib ketgan 2 yoshli bolaning joni omon qoldi. Uni o‘zbekistonlik kommunal xizmatchilari adyol yordamida tutib olishdi, deb yozadi «CentralAsia».

Bola balkondan oshib tushgan va oyoqlari bilan devorning turtib chiqqan joyiga tirmashgan. Shu holatda balkonning tashqi tomonida 20 daqiqa osilib turgan. So‘ng qo‘llari toliqqanidan ochilib, pastga tushib ketgan. Bu vaqtda 21 yoshli ona uyda uxlayotgan bo‘lgan. Politsiyaning aniqlashicha, u g‘irt mast bo‘lgan.

Kommunal xizmatchilari andijonlik Bekmurod Turdaliyev va Sherbek Soliyev o‘sha kuniyoq Podolsk qahramonlariga aylanishdi. Ular ishlayotgan kompaniya rahbariyati bolaning xaloskorlarini mukofot puli bilan taqdirlashga va’da berdi.

— Yigitlar maysani kesishayotgandi. So‘ng menga qo‘ng‘iroq qilib, 4-qavatning balkonida bir bola osilib turganini va baqirayotganini aytishdi. U tinmay yig‘lab, onasini chaqirardi: «Ona, ona!». 3-qavatda yashaydigan ayol bizga adyol olib chiqib berdi. Biz pastda adyolni yozib, 20 daqiqa kutdik. Bu vaqtda bechora bola qo‘lida osilib turar va tinmay ko‘z yoshi to‘kardi. So‘ngra holdan toydi, shekilli, qo‘llari ochilib ketdi va to‘ppa-to‘g‘ri adyolga kelib tushdi, — deya so‘zlab berdi Bekmurod Turdaliyev. — Adyolni besh kishi ushlab turdik. Shu uyda yashovchi 16 yoshli rus yigit ham bizga yordamlashdi. Bola rosa baqirib yig‘ladi, lekin onasi eshitmadi yoki yoniga chiqishni xohlamadi. Bolani ushlab olganimizda, yerga tushirib yubormaslikka harakat qildik. Shuning uchun shikastlanmadi.

Bolaning qutqaruvchisi Bekmurod o‘zini tanishtirar ekan, 10 yildan beri Podolskda yashashini, shu vaqtgacha mahalliy hududni tartibga solish guruhida ishlaganini gapirib berdi. U — ko‘p bolali ota, uning 6 yoshli o‘g‘li va uch nafar qizi, jumladan, egizaklari bor. Oilasi ham u bilan birga Podolskda bo‘lgan. Faqat yanvarda yaqinlarini ko‘rib kelish uchun vataniga ketishgan va karantin tufayli qolib ketishgan. Endi ular o‘z otasi bilan faxrlanib yuradigan bo‘lishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolakayning onasi Natalya Sh. 21 yoshda, u yolg‘iz ona, uning yana bir yoshli o‘g‘li ham bor. Politsiya yuz bergan voqeadan so‘ng ancha paytgacha uning kvartirasiga kira olishmagan. Favqulodda holatlar xizmati yordamida eshikni buzib kirishganida, ikkinchi bolakay onasining yonida bo‘lgan. Tekshiruv ishlari tugagunga qadar bolalar onasidan olinib, shifoxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbek yigitlari Rossiyada qahramonga aylanishdi (video)