22:45 / 24.07.2020
3 065

Bill Geyts butun insoniyatga vaksina orqali chip o‘rnatmoqchi ekanligini inkor qildi

Bill Geyts butun insoniyatga vaksina orqali chip o‘rnatmoqchi ekanligini inkor qildi
Bill Geyts sayyoraning barcha aholisiga chip o‘rnatish uchun koronavirusga qarshi vaksina yaratilishini moliyalashtirayotgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi, deb yozadi CNBC.

Yahoo News o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashgan AQSH aholisining 28 foizi Microsoft asoschisi odamlarga vaksina orqali chip o‘rnatmoqchi ekanligi haqidagi nazariyaga ishonishini ko‘rsatdi.

«Biz virus haqida haqiqatni bilishimiz kerak. Odamlar faktlarni bilganidan keyin chiplashtirish haqidagi nazariya yo‘qolishiga umid qilaman», — dedi Geyts.

JSSTning ma’lumot berishicha, hozirda dunyo bo‘yicha 100dan ortiq vaksina ishlab chiqilmoqda, ulardan 23tasi odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Fevralda Bill va Melinda Geyts fondi koronavirusga qarshi vaksina yaratilishi uchun 100 mln dollar ajratishini e’lon qilgandi.

Iyunda fond vaksina va immunizatsiya bo‘yicha global alyansga 1,6 mlrd dollar mablag‘ ajratishni o‘z zimmasiga olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts butun insoniyatga vaksina orqali chip o‘rnatmoqchi ekanligini inkor qildi