15:08 / 25.07.2020
2 620

Eronda urib tushirilgan Ukraina samolyotining qora qutilari rasshifrovka qilindi

Eronda urib tushirilgan Ukraina samolyotining qora qutilari rasshifrovka qilindi
Foto: Picture Alliance
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotga tashqi ta’sir bo‘lgani tasdiqlangan.

«Ukraine International Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan va 8 yanvar kuni Eronda urib tushirilgan samolyot bortidagi qora qutilarning ma’lumotlari rasshifrovka qilindi. Olingan ma’lumotlar samolyotga tashqi ta’sir bo‘lganini tasdiqladi», - dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin.

«Endi kelasi haftada Eron bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazamiz», - deb qo‘shimcha qildi mulozim.

«Ukraine International Airlines» aviakompaniyasining Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti Tehron – Kiyev yo‘nalishida PS752 reysini amalga oshirishi lozim edi. 8 yanvar kuni erta tongda «Imom Humayniy» aeroportidan havoga ko‘tarilgan avialayner raketalar bilan urib tushirildi.

Samolyot bortidagi 167 yo‘lovchi va 9 ekipaj a’zosining barchasi halok bo‘ldi. Eron hukumati 11 yanvar kuni avialayner harbiylarning xatosi tufayli urib tushirilganini tan oldi.

Keyinchalik, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda samolyotning urib tushirilishi bilan bog‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda urib tushirilgan Ukraina samolyotining qora qutilari rasshifrovka qilindi