19:00 / 25.07.2020
3 173

Pentagon NUJlar to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlarni oshkor qiladi

Pentagon NUJlar to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlarni oshkor qiladi
Foto: Pablo Martinez Monsivais / AP
Noma’lum jismlarni o‘rganish bo‘yicha Pentagon huzuridagi maxsus guruh bu yo‘nalishda to‘plangan ma’lumotlarning bir qismini oshkor qiladi. Bu haqda The New York Times AQSH senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi hisobotiga tayanib xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, guruh noma’lum uchar jismlarni kuzatish bo‘yicha ma’lumot va hisobotlarni standartlashtiradi va razvedka ruxsatidan so‘ng olti oy ichida o‘z xulosalari to‘g‘risida jamoatchilikka ma’lumot beradi.

Guruh 2017 yilda tashkil etilgan. Bundan avval «aerokosmik sohadagi tahdidlarni aniqlash bo‘yicha maxsus dastur» faoliyat olib borgan bo‘lib, dastur 2012 yilda rasman nihoyasiga yetgan.

Dasturda ish olib borgan Erik Devisning so‘zlariga ko‘ra, ekspertiza ayrim holatlarda topilgan jismlarning manbasini aniqlay olmagan. Bu esa ularni jismning o‘zga sayyorada paydo bo‘lgani haqida xulosa chiqarishga majbur qilgan.

Senat qo‘mitasi raisi Marko Rubio Amerika harbiy bazalari va harbiy mashg‘ulotlar o‘tayotgan hududlar ustida paydo bo‘layotgan uchar jismlardan xavotirda ekanligini bildirgan.

Iyun o‘rtalarida prezident Donald Tramp NUJ bilan bog‘liq voqealardan biri haqidagi hujjatni oshkor qilishni o‘ylayotganini bildirgandi. Hodisa 1947 yilda Nyu-Meksikodagi rancholardan birida sodir bo‘lgan. Rancho egasi noma’lum jism parchalarini topgan. Keyinroq hukumat buni meteozond deb atagan, ammo shundan so‘ng NUJ to‘g‘risidagi nazariya tarqala boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon NUJlar to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlarni oshkor qiladi