21:22 / 25.07.2020
6 967

Koronavirusni vaksinasiz yengish yo‘li borligi aytildi

Koronavirusni vaksinasiz yengish yo‘li borligi aytildi
«PLoS Medicine» ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot yangi ma’lumotni isbotladi: agar odamlar muntazam ravishda qo‘llarini yuvib, niqob taqib, ijtimoiy masofa saqlaganida, koronavirus pandemiyasini vaksinasiz (emlashsiz) yengish mumkin edi. Bu haqda Koronavirus Info kanali xabar bermoqda.

Mamlakatlarda karantin cheklovlari fuqarolarning shaxsiy mas’uliyati, har bir insonning kasallik xavfini, jiddiyligini his qilishi bilan uyg‘unlashganida edi, virus tarqalishi pastroq darajada bo‘lar edi. Atipik pnevmoniya (SARS-CoV-2) aholining 90 foizi tez-tez qo‘lini yuvgan va masofa saqlagan mamlakatlarda yuqori darajada epidemiya chaqirmagan.

Mualliflar virus qanday tarqalishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish, o‘zini izolyatsiyalash, masofalanish, qo‘lni yuvish va niqob taqish — hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani to‘g‘risida keng ma’lumot berish zarurligini ta’kidlashmoqda.

«Agar biz barchamiz mamlakat bo‘ylab keyingi 4, 6, 8, 12 hafta davomida niqob taqsak, virus tarqalishi to‘xtaydi», — dedi doktor Robert Redfild.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusni vaksinasiz yengish yo‘li borligi aytildi