20:20 / 26.07.2020
1 408

Pandemiya tufayli dunyoda xususiy orollarga talab ortib borayotgani ma’lum qilindi

Pandemiya tufayli dunyoda xususiy orollarga talab ortib borayotgani ma’lum qilindi
Foto: Architizer
Puldorlar xususiy orollar bilan qiziqishni boshladi. Bunday so‘rovlar bilan ular doimiy ravishda riyeltorlar bilan bog‘lana boshlagan. Bu haqda Financial Times’ga tayanib «Korrespondent» xabar qildi.

Qayd etilishicha, ko‘chmas mulk sotuvchilari o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish uchun qulay bo‘lgan ba’zi bir orollarning narxi yaxshi avtomobil narxidan oshmasligini aytmoqda. Tinch okeanining janubiy qismi, Karib dengizi va AQSH hamda Yevropaning chekka qismlari talabgorligi yuqori bo‘lgan joylar bo‘lib turibdi.

«Masalan, Finlyandiya sohilida 100 ming yevrodan kam bo‘lgan ob’ektlar bor», – deyiladi maqolada.
Riyeltorlarning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya odamlarni o‘z sarmoyalar to‘g‘risidagi qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.

«Biron orolga egalik qilish uzoq vaqtdan beri ko‘p orzu qilinadigan ajoyib narsa hisoblanadi, lekin bu xayolligicha qolib ketardi. Biroq COVID-19 tufayli bu g‘oya yanada amaliy bo‘lib ko‘rina boshladi. Chunki odamlar o‘zlari uchun shaxsiy joy topishga va boshqalarga nisbatan masofa saqlashga intiladi», – deydi mutaxassislar.

Ta’kidlanishicha, hozirda eng ko‘p ko‘riladigan lotlardan biri bu 13 gektarlik tropik bog‘larga ega May oroli. Orolning narxi bir necha million dollarga teng va kasallikdan qochish uchun ideal joy sifatida ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)