23:39 / 26.07.2020
2 794

Rossiyalik mashhur tadbirkor Oleg Tinkov ilik transplantatsiyasi qanday o‘tganini ko‘rsatdi

Rossiyalik mashhur tadbirkor Oleg Tinkov ilik transplantatsiyasi qanday o‘tganini ko‘rsatdi
Rossiyaning «Tinkoff bank» asoschisi Oleg Tinkov ilik transplantatsiyasi qanday o‘tganini Instagram sahifasida namoyish qildi.
Videolavhada tadbirkorning palatada yotgani, ilik esa tomchilatib quyish orqali transplantatsiya qilinayotganini ko‘rish mumkin.

Tinkov donorlik materiali ham xuddi shu tarzda olinishini ma’lum qildi va bunday amaliyot haqida ko‘plab noto‘g‘ri tushunchalar borligi, shu tufayli odamlar undan qo‘rqishini aytdi.

«Bu haqiqatdan ham oson — oddiy qon quyish. Odamning bosh suyagi kesilmaydi», — deb yozdi tadbirkor ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan videosi ostida.

Tinkov suyak iligi donorligi vazifasini nemis ayoli bajargani va Rossiyada bunday donorlar soni atigi 130 mingni tashkil qilishini, Germaniyada esa 8 millionga yaqinligini afsus bilan qayd qildi. Avvalroq, tadbirkor xotini bilan birga shunday katta muammo bilan shug‘ullanadigan jamg‘arma tashkil qilmoqchi ekani haqida bayonot bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Tinkov leykemiya bilan xastalanganini, bunday diagnoz 2019 yil oktabr oyida qo‘yilganini e’lon qildi. O‘sha paytda tadbirkor London shahrida soliq da’volari bo‘yicha AQSHga ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha sud hukmini kutayotgan edi.

Tinkovning bayonotidan oldin AQSH Moliya vazirligi ishbilarmonni 2013 yilda AQSH fuqaroligidan voz kechish jarayonida 1 milliard dollar miqdoridagi aktivlarini soliqlardan yashirganlikda gumonlayotganini bildirgan edi. Bu ayblov bo‘yicha unga 6 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi xavf solmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik mashhur tadbirkor Oleg Tinkov ilik transplantatsiyasi qanday o‘tganini ko‘rsatdi