13:00 / 28.07.2020
4 140

Ikki karra Yevropa chempioni Islomni qabul qildi

Ikki karra Yevropa chempioni Islomni qabul qildi
Og‘ir atletika bo‘yicha 2018 va 2019 yillarda Yevropa chempioni, latviyalik og‘ir atletikachi Rebeka Koxa o‘zining musulmon bo‘lganligini e’lon qildi.

22 yoshli sportchi muxlislaridan uning qarorini hurmat qilishni va yalang‘och tana qismlari ko‘rinadigan fotosuratlarini endi chop etmaslikni so‘radi. Koxa Instagramdagi barcha fotosuratlarni olib tashladi va hijobda bo‘lgan faqat bitta fotosuratini qoldirdi.

Men hayotimda eng muhim qaror qabul qildim. Men baxtli va minnatdorman, deb ayta olaman. To‘g‘ri ish qilganimga aminman.
Men so‘ragan yagona narsa - bu hurmat. Agar aytadigan yaxshi gapingiz bo‘lmasa, gapirmaganingiz yaxshiroq bo‘ladi.

Bugun men uchun alohida kun, chunki men musulmon bo‘ldim. Men shahodat kalimasini aytdim va Islomni qabul qildim. Shu daqiqadan aminmanki, mening hayotimda yangi, go‘zal qism boshlanadi.

Shu munosabat bilan sizdan sochlarim, qo‘llarim, bo‘yinlarim va oyoqlarim ko‘rinadigan fotosuratlarni nashr qilmasligingizni yoki tarqatmasligingizni so‘rayman
", deb yozdi Koxa.

Shu yil boshida Koxa qatarlik disk otuvchi Muhammad Ibrohim Muozga turmushga chiqmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.
View this post on Instagram

Dear friends, followers and just everybody! I made a big decision in my life! And all I can tell is that I’m happy and thankful about it☺️I’m sure for myself that I did the right thing❤️ The only thing what I’m asking about is RESPECT and if you have nothing good to say you can leave and better remain silent!? Today is a special day for me, because I became a Muslim?? At 3:48pm I did the Shahada(which is a declaration of faith aka converting) and entered Islam?? from here I believe that the new and beautiful chapter of my life can begin ???? ‼️As I’m a muslim now I would like to ask you to not post and share any pictures of me (if you have ofc) anywhere for a public use where is seen my hair and/or body(arms, neck, legs).‼️ Thanks to those who supports me and stays with me no matter what! Alhamdulillah, wishing you all the best and God bless all of you❤️ #muslim #hijab #hijabigirl #converting #islam

A post shared by Rebeka Koha (@rebeka_koha) on


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki karra Yevropa chempioni Islomni qabul qildi