10:10 / 29.07.2020
2 138

Sidneylik nafaqaxo‘r mashinasi ichidan 2 mln dollar yutuq chiqqan lotereya topib oldi

Sidneylik nafaqaxo‘r mashinasi ichidan 2 mln dollar yutuq chiqqan lotereya topib oldi
Foto: Motor
Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zining avtomobilidan ikki million dollar yutuq chiqqan lotereya chiptasini topib oldi. Yutuqqa ega chipta shu vaqtga qadar yo‘lovchi o‘rindig‘ida yotgan bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Erkak avtomobilida ishxonaga ketayotib, yo‘lovchi o‘rindig‘ida yotgan bir parcha qog‘ozga ko‘zi tushgan. Nafaqaxo‘rning so‘zlariga ko‘ra, u o‘tgan dam olish kunlari lotereya chiptasini sotib olganini mutlaqo unutib qo‘ygan.

Yutuqli sonlar tekshirilgach, erkak shu vaqtgacha mashinasi ichida ikki million dollar yotganini tushunib yetgan. Mashinadagi bir parcha qog‘oz unga aynan shuncha pul olib kelgan.

Foto: Motor
G‘olibning ta’kidlashicha, u oyda bir marta lotereya o‘ynab turadi, biroq hech qachon omadi kelishi haqida o‘ylab ko‘rmagan. Endilikda u pullarni oilaviy uyini ta’mirlash, shuningdek, pensiya jamg‘armasini oshirishga sarflamoqchi.

Avvalroq Viskonsinda istiqomat qiluvchi Tom Kuk ismli fuqaro Powerball lotereyasidan 22 million dollar yutib olib, mukofotni do‘sti bilan bo‘lishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sidneylik nafaqaxo‘r mashinasi ichidan 2 mln dollar yutuq chiqqan lotereya topib oldi