09:30 / 30.07.2020
3 566

Qayta-qayta uch marta koronavirusga chalingan bemor haqida

Qayta-qayta uch marta koronavirusga chalingan bemor haqida
Foto: «Kobrincity.by»
Ukrainaning Ternopol viloyatida istiqomat qiluvchi odam uchinchi marta COVID-19 bilan kasallanib qoldi, deya xabar berdi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Bogaychuk.

«Oramizda uchinchi marta kasallikka chalingan bemor bor. Shuni tushunishimiz kerakki, hatto, koronavirus infeksiyasidan davolanib chiqqan bo‘lsak ham, bu bizning qayta kasallanib qolmasligimizga kafolat bermaydi», — deya rasmiyning so‘zlarini keltirgan mahalliy «Ternopolyane» nashri.

Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakatda 67 597 ta COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lib, 1650 nafari vafot etgan, 37 394 kishi tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qayta-qayta uch marta koronavirusga chalingan bemor haqida