16:20 / 30.07.2020
1 002

Qanday parhez salomatligimiz va sayyoramizni qutqarib qoladi?

Qanday parhez salomatligimiz va sayyoramizni qutqarib qoladi?
Foto: Unsplash
Olimlar sog‘lom taomlanish bo‘yicha mavjud milliy tavsiyalar insonlarga ham, atrof-muhitga ham salbiy ta’sir o‘tkazishini aniqlashgan. O‘zi ideal parhez bormi bu dunyoda?

Yaqinda xalqaro olimlar jamoasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda butun jahonda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha rasmiy maslahatlar nafaqat odamlar salomatligini, shuningdek atrof-muhit holatini ham xavf ostida qoldirishi ko‘rinib qoldi. Ma’lumki, jahon bo‘ylab ajralib chiqayotgan issiqxona gazlarining chorak qismi oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri keladi, noto‘g‘ri ovqatlanish esa yiliga millionlab bevaqt o‘lim sababchisi bo‘lmoqda. Tadqiqotchilar hukumatlarning aholiga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha adekvat tavsiyalar bera olmasligi «shokka» tushishgan.

Ularning tadqiqot ishi The British Medical Journal (BMJ) ilmiy jurnalida chop etilgan. Barcha ma’lum parhez tavsiyalarining tahlilini Oksford universitetidan Marko Springman qo‘l ostidagi jamoa o‘tkazgan. Ularga Adelaida universiteti (Avstraliya), Harvad va Taft universiteti (AQSH) olimlari qo‘shilishgan.

Olimlar 85 davlatdan sog‘lom oavqatlanish bo‘yicha parhez tavsiyalaridagi asosiy maslahatlarni to‘plab chiqib, uning sog‘liqni saqlash va atrof-muhit muhofazasi to‘g‘risidagi 2015 yilgi Parij bitimi sohasidagi global maqsadlarga (ularning orasida yuqmaydigan kasalliklardan bevaqt o‘limni uchdan bir qismga kamaytirish hamda shlobal isishni ikki Selsiy darajasiga kamaytirish ham bor) nisbatan modellashtirishgan.

Olimlar milliy parhez tavsiyalarining naq 98 foizi sog‘liqni saqlash va atrof-muhit sohasidagi global maqsadlarning kamida bittasiga mos kelmayda, degan xulosaga kelishdi.

Allaqachon amalda bo‘lgan milliy tavsiyalarga o‘rtacha rioya qilish «bevaqt o‘limlar sonini 15 foizga kamaytirishi, jahon oziq-ovqat tizimlaridan ajlaib chiqayotgan issiqxona gazlarini esa 13 foizga qisqartirishi mumkin», deya iqtibos keltiradi News Medical nashri tadqiqot ishtirokchilaridan biri Adelaida universiteti olimi Lyuk Spajikdan.

Eskirgan maslahatlar
«Hukumatlar aholiga sog‘lom ovqatlanish borasida iavsiyalar berishda o‘zining favqulodda no‘noqligini namoyon etmoqda, — deydi Marko Springman. — Ko‘plab davlatlardagi amaldorlar garchi mutlaq yuqori emissiya va resurs talab etishiga qaramasdan go‘sht iste’molini kamaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berishdan qochishadi». Uning so‘zlariga ko‘ra, ovqatlanish rejimining ekologik oqibatlari guvohliklari ko‘payishda davom etmoqda, shu sababli rasmiy tavsiyalar kun tartibini hisobga olish kerak.

Ko‘rib chiqilgan 85 ta davlatdan faqat ikkitasida — Indoneziya va Serra-Leoneda ekologiya va salomatlik sohasidagi Parij bitimining maqsadlariga mos keluvchi tavsiyalar ishlab chiqilgani ma’lum bo‘ldi. Bu holatda sog‘lom oziqlanish bo‘yicha milliy tavsiyalar mavjud mamlakatlarning yarmisidan kamrog‘ida ulardan biriga rioya qilinadi. Birorta davlat tavsiyalarning barchasiga to‘liq amal qilmagan.

Spajikning tan olishicha, u natijalardan aslo hayron bo‘lmagan, chunki tadqiqotda o‘rganilgan ko‘plab milliy tavsiyalar uzoq vaqt mobaynida yangilanmagan va ekologik barqarorlik bilan bog‘liq maslahatlar kiritilmagan.

«Masalan, Avstraliyada tavsiyalar so‘nggi marta 2013 yilda e’lon qilingan, ularda barqaror ekologik rivojlanishni hisobga oluvchi parhezlar yo‘q», — deydi u. Bu holda, olimlar o‘n yillardan buyon sog‘lom turmush tarzini milliy tavsiyalarga qo‘shish kerakligi haqida bong urib kelishadi.

Taqqoslash uchun olimlar JSSTning oziqlanish bo‘yicha tavsiyalari (u milliy tavsiyalardan ancha yaxshiroq ekani ma’lum bo‘ldi), shuningdek, YEAT-Lancet komissiyasining 2019 yilgi sog‘lom oziqlanish bo‘yicha yanada qat’iyroq maslahatlarini joriy etishning ehtimolli natijalarini ham hisoblashdi. Olimlar faqatgina mana shularni bajarish insoniyatga ham, sayyoraga ham foyda bo‘lishini ta’kidlashmoqda.

Asosiysi — qulaylik va arzonlik
Ilmiy hamjamiyat Springman jamoasining ishiga ijobiy baho berdi, faqat ayrim kichik shartlar bilan. JSST oziqlanish sohasida hamkorlik markazi rahbari, professor Franchesko Kapuchchio tadqiqotni «yangi barqaror oziq-ovqat siyosatini ishlab chiqishda muloqot olib borish uchun juda yaxshi platforma», deb baholagan, biroq taqdim etilgan tahlil uning fikricha, noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar asosida kesishgan tadqiqotlarga asoslangan.

Bunday tahlil uchun bilvosita natijalar minusiga Lids universiteti oziqlanish epidemiologiyasi va jamoat salomatligi professori Janet Keyd ham ishora qilmoqda. «Ko‘plab mamlakatlarda oziqlanish ratsioni bo‘yicha milliy tadqiqotlar o‘tkaziladi, biroq ularning barchasi turli usullardan foydalanishadi, bu esa ularni kombinatsiyalashda qiyinchilik tug‘diradi. Biroq, mazkur tadqiqotda foydalanilgan BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) balans hisobotlari aslida u yoki bu mamlakatdagi iste’molni emas, o‘sha yerdagi oziq-ovqatning mavjudligini hisoblaydi».

London qirollik kolleji oziq-ovqat fanlari departamenti katta o‘qituvchisi doktor Sara Berrining fikricha, tadqiqotning asosiy ustunligi «jahonning ko‘plab hududlaridan turli demografik ko‘rsatkichlar hamda salomatlik bilan bog‘liq turli-tuman parhez talablari va masalalarini qamrab oluvchi parhez tavsiyalarining qo‘shilganligi»dir.

Uning hisoblashicha, bunday tavsiyalarni ishlab chiqishda, umumiy tarzda ularning individual darajada qo‘llashning madaniy afzallik, oziq-ovqatga yetishish va budjetdan kelib chiqadigan amaliy maqsadga muvofiqlik hisobga olinishi zarur. YEAT-Lancet komissiyasining parhez maslahatlari (insonlar uchun ham, atrof-muhit uchun ham) amaldagi milliy tavsiyalardan foydaliroq, biroq ko‘plab insonlar unga yetisha olmaydi.

Jahonni qutqaruvchi parhez
EAT-Lancet komissiyasi (nufuzli The Lancet jurnali hamda Eat Forum formuni tomonidan ta’sis etilgan) sog‘lom oziqlanish va barqaror rivojlanish bog‘liqligi to‘g‘risidagi hisobotni 2019 yilning boshida e’lon qilgan. Tavsiya etilayotgan parhez «Kelajakda 10 milliard kishini (2050 yilda sayyorada shuncha odam yashaydi) sog‘lom ovqat bilan to‘ydira olamizmi?» degan savolga javob bo‘ldi va qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishi, yovvoyi tabiatning vayron bo‘lishi hamda daryolar va dengizlarning ifloslanishdagi katta rolini ko‘rsatib berdi.

Umuman olganda, u qizil go‘sht, sut va shakar iste’molini kamaytirish, ratsionda sabzavotlar, mevalar, donli mahsulotlar va yong‘oqlar miqdorini ikki barobar oshirishga qaratilgan. Komissiya hisob-kitoblarga ko‘ra, parhez yiliga 11 million kishini nosog‘lom ovqatlanish tufayli o‘limdan saqlab qolishga qodir, shuningdek biz yashayotgan muhitni kollapsdan ham asrab qoladi.

«Butun jahonda oziqlanishni tubdan o‘zgartirish kerak», — deydi komissiya yetakchilaridan biri Harvard universitetidan Uolter Uillet. Uning ta’kidlashicha, «sog‘lom sayyoraviy parhez» deganda gap qandaydir och qolish haqida emas, «oziq-ovqat sog‘lom va foydali bo‘lishi» haqida ketmoqda.

Springman hamkasblari bilan ushbu parhezning qo‘llanishini modellashtirib, u bevaqt o‘limni uchdan bir qismiga qisqartirib, issiqxona gazlarini esa chorak qismga kamaytirib parij bitimi global maqsadlari yutuqlariga erishishga yo‘l ochishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

Biroq, BMJda tadqiqotga taqriz bilan chiqish qilgan Germaniyaning Frayburg universitetidan Lukas Shvingshakl va uning hamkasblarining fikricha, EAT-Lancet komissiyasi parhezining qo‘llanilishi «daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlar aholisi uchun agar u yerda iqtisodiy o‘sish hamda mahalliy oziq-ovqat sanoatida yaxshilanish bo‘lmasa qimmatlik qiladi».

Birgina go‘sht bilan emas
Doktor Springman esa, o‘z navbatida, EAT-Lancet komissiyasining qizil go‘sht va sut mahsulotlari bo‘yicha ambitsiyali tavsiyalari har dardga davo bo‘la olmasligini, biroq ajoyib jo‘nash nuqtasi bo‘la olishini aytib o‘tgan. «Oziq-ovqat siyosati bizni milliy tavsiyalarga bo‘ylashish uchun rag‘batlantirishi kerak, bu esa aholiga sog‘lom oziqlanish qanday bo‘lishi to‘g‘risida axborot beruvchi jamoat salomatligi maqsadli kampaniyalariga investitsiyalar kiritishni taqozo etadi», — deb hisoblaydi u.

Uning jamoasi jahonga oziqlanish sohasida islohot, zamonaviy fan bilan hamqadam, go‘sht va sut mahsulotlari ko‘p miqdorda iste’mol qilinadigan hududlarda (masalan, AQSHda) ularni qat’iy cheklash bilan bog‘liq yangi tavsiyalar kerak, degan xulosaga kelgan.

«Lekin eng yaxshi tavsiyalar ham toki sog‘lom turmush tarzi propaganda bilan quvvatlanmas ekan, ma’niga ega bo‘lmaydi, — deydi Springman. — Bu esa katta investitsiyalar talab etadi. Butun oziq-ovqat tizimi, ayniqsa oziq-ovqat kompaniyalari ustidan astoydil boshqaruv, shuningdek, maktablar va ofis oshxonalarida menyu tahrir qilinishi lozim».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)