17:00 / 30.07.2020
2 444

Yuksak didga ega ayol: Koko Shanelning hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagan kiyinish qoidalari

Yuksak didga ega ayol: Koko Shanelning hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagan kiyinish qoidalari
Foto: Getty Images
Koko Shanel nafaqat buyuk modeler, balki o‘ta nozik didga ega bo‘lgan ayol sifatida ham tarixda qolgan. Cosmopolitan Shanelning hozirgi kungacha dolzarb bo‘lgan kiyinish bo‘yicha tavsiyalarini keltirib o‘tdi.

Bijuteriya taqishdan qo‘rqmang
Shanelning o‘zi aksariyat hollarda bijuteriya taqqan, qimmatbaho taqinchoqlarini ko‘z-ko‘z qiladigan ayollarni esa kalandimog‘ deb atagan.
Bugungi kunda sifatli bijuteriya ishlab chiqaradigan talay brendlar bor. Ularni bemalol odatiy kunlarda, bayram va tantanalarda ham taqsa bo‘ladi.

Aksessuarlarni haddan ziyod ko‘p ishlatmang
Koko oxirgi aksessuardan voz kechilganidagina ideal obraz hosil bo‘lishini ko‘p ta’kidlagan. Sumka, taqinchoq, ko‘zoynak, to‘g‘nog‘ichdan foydalanish kerak, biroq me’yorni bilgan holda.

Qulaylik birinchi navbatda
Shanel kiyim rangi, fasoni hamda qanday turishidan ham qulaylik muhimroq, deb hisoblagan.

Foto: Getty Images

Erkakka aylanib qolmang
Ayollar shimini Koko urfga kiritgan bo‘lsa ham, u har doim ayol kishi ayolligicha qolishi kerakligini, kiyinish uslubida ayollik jozibasi aks etishi shartligini ta’kidlardi.

Bir joyda turmang, o‘zgaring
Ayol kishi uslubini tez-tez o‘zgartirib turishi kerak, deb hisoblardi Shanel. Hech qaysi soha rivojlanishdan to‘xtamaydi. Agar siz o‘zingizga yarashadigan obrazni topdim, deb hisoblasangiz, uni sinab ko‘rishdan cho‘chimang.

Yoqtirgan obrazingizni ko‘chirishdan cho‘chimang
Yulduzlarning o‘zingizga yoqqan obrazidan nusxa ko‘chirishdan cho‘chimang. Ularga o‘z didingizdan kelib chiqib, kichik o‘zgartirishlar kiritishingiz ham mumkin. Nima bo‘lganida ham taniqli ayollarning ustidagi kiyim sizda boshqacha ko‘rinadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuksak didga ega ayol: Koko Shanelning hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagan kiyinish qoidalari