18:37 / 30.07.2020
3 422

Kreml Lukashenkoning “Vagner” jangchilari to‘g‘risidagi so‘zlariga javob qaytardi

Kreml Lukashenkoning “Vagner” jangchilari to‘g‘risidagi so‘zlariga javob qaytardi
Foto: Seth Wenig / AP
Kreml Rossiyadagi xususiy harbiy kompaniyalar to‘g‘risida ma’lumotga ega emas, mamlakatda xususiy qo‘riqlash korxonalari bor. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari qo‘lga olingani to‘g‘risidagi so‘zlariga ana shunday javob qaytardi.

- “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi nima o‘zi? Rossiyada yuridik jihatdan xususiy harbiy kompaniya degan tushuncha yo‘q, — dedi u.
Avvalroq Belarus prezidenti Minskda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari qo‘lga olingani bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Moskvadan izoh so‘ragandi.

29 iyul kuni BЕLTA agentligi Minsk tumani hududida o‘ttizdan ortiq kishi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Keyinroq nashr gap rossiyaliklarning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari haqida ketayotganini va ularning maqsadi saylovlar vaqtida vaziyatni beqarorlashtirish ekanini ma’lum qildi.

BЕLTA agentligi talqiniga ko‘ra, maxsus xizmatlar mamlakatga «saylov kampaniyasi davrida vaziyatni beqarorlashtirish uchun 200dan ortiq jangari» kelgani haqida ma’lumot olgan.

Prezident Aleksandr Lukashenko esa buni «favqulodda hodisa» deb atadi va Xavfsizlik kengashini chaqirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml Lukashenkoning “Vagner” jangchilari to‘g‘risidagi so‘zlariga javob qaytardi