21:18 / 30.07.2020
3 406

Avstraliyalik ayol dengiz qirg‘og‘ida tuxumga o‘xshash sirli jonzotga duch keldi

Avstraliyalik ayol dengiz qirg‘og‘ida tuxumga o‘xshash sirli jonzotga duch keldi
Foto: The KXAN36 News
Avstraliyaning Manjera shahrida istiqomat qiluvchi ayol qirg‘oq bo‘yidan «tuxum»ga o‘xshash noodatiy jonzotni topib oldi. Ayol sirli organizm suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan, deb xabar beradi The KXAN36 News.
Suratda dengiz to‘lqinlari qirg‘oqqa chiqarib tashlagan to‘q qizil rangli jonzot tasvirlangan.

Foydalanuvchilar darhol bu nima eganligi to‘g‘risida o‘z taxminlari bilan bo‘lishishga kirishgan. Ayrimlar suratdagi narsa biror dengiz jonzotining tuxumi yoki delfinning yo‘ldoshi deb taxmin qilgan.

Biroq suratni ko‘rgan Makkuori universiteti dengiz biologi, professor Kulyum Barun bu dengizda tentirib yuruvchi, suzuvchi anemon yoki Phlycstenactis tuberculosa nomi bilan tanilgan anemon ekanligini ma’lum qilgan. U G‘arbiy Avstraliya, Yangi Janubiy Uels, Tasmaniya va Yangi Zelandiya qirg‘oqlarida yashaydi.

«Ular dengiz tubi bo‘ylab sudralishi yoki oqimga qarab suzishi mumkin. Kunduzi paypaslagichlaridan deyarli foydalanmaydi, biroq kechasi anemon oziq-ovqat ilinjida o‘simliklar uchlari orqali harakatlanadi. Boshqa anemonlar bilan taqqoslaganda, suzuvchi anemonlar — chaqqon yirtqich hisoblanadi», — deydi Avstraliya muzeyi xodimlari.

Shuningdek, suratda kolonial assidiya ham tasvirlangan. Kulyum Braunning so‘zlariga ko‘ra, avstraliyalik ayol tomonidan topilgan jonzotlarning hech biri insonga xavf tug‘dirmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyalik ayol dengiz qirg‘og‘ida tuxumga o‘xshash sirli jonzotga duch keldi