08:24 / 31.07.2020
747

Minskda o‘n minglab kishilar ishtirokida Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazildi

Minskda o‘n minglab kishilar ishtirokida Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazildi
Foto: Tut.by
«Vesna» huquqni himoya qilish markazi ko‘ngillilarining ma’lumot berishicha, mitingda 34 ming kishi qatnashgan.
Minskda Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda 10 mingga yaqin kishi qatnashdi. Bu haqda Tut.by xabar berdi.

«Vesna» huquqni himoya qilish markazi ko‘ngillilari esa mitingda 34 ming kishi jam bo‘lganini bildirdi.
Tixanovskaya 21 iyul kuni mamlakat televideniyesi orqali saylovoldi dasturi bilan chiqish qilib, nima uchun saylovda ishtirok etmoqchi ekanligi, mamlakat muammolar girdobida qolganligi va xalq va’dalardan charchaganligini aytgandi.

Foto: Tut.by
Belarusda prezidentlik saylovlari 9 avgustda bo‘lib o‘tadi. Markaziy saylov komissiyasi besh kishi - Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya, Aleksandr Lukashenko, Svetlana Tixanovskaya, Sergey Cherechenlar nomzodini ro‘yxatga olgan.

Svetlana Tixanovskaya va Babariko shtabidan bo‘lgan Mariya Kolesnikova hamda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan Valeriy Sepkaloning rafiqasi Veronika Sepkalo kuchlarni birlashtirishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)