18:10 / 01.08.2020
2 241

Berlinda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda

Berlinda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Reuters
Berlinda minglab namoyishchilar koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi norozilik bildirmoqda, deb xabar berdi Morgenpost nashri.

Nashrning ma’lumot berishicha, shahar markazidagi Unter-den-Linden ko‘chasida yetti mingga yaqin kishi to‘plangan bo‘lib, ularning aksariyati niqob taqmagan.
"Ko‘pchilik qoidalarga amal qilmayapti. Hamkasblarimiz ulardan qoidalarga rioya qilishni so‘ramoqda", - deb yozadi poytaxt politsiyasi tvitterda.

Xabar qilinishicha, namoyishchilar G‘alaba kolonnasi tomon harakatlanmoqda, u yerda miting o‘tkazish rejalashtirilgan.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 210 676taga yetgan, 9 154 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Berlinda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda