18:30 / 01.08.2020
2 784

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi birinchi vaksina qo‘llandi

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi birinchi vaksina qo‘llandi
Qozog‘istonda koronavirusga qarshi birinchi vaksinatsiya amalga oshirildi. «Xabar 24» nashrining ma’lum qilishicha, vaksinatsiyalash Qozog‘iston milliy agrar universiteti qoshidagi Xalqaro vaksinologiya markazida o‘tkazilgan.

Vaksinani birinchi bo‘lib qabul qilgan qozog‘istonlik shu markaz direktori Qaysar Tabinov bo‘ldi. Unga «COVAX-19» dorisi qo‘llangan. Ushbu vaksina Avstraliyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, ayni paytda klinik sinovlarning birinchi bosqichi ketyapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)