20:18 / 01.08.2020
581

Qozog‘istonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi

Qozog‘istonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi
Foto: nur.kz
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri majburiy niqob taqish to‘g‘risidagi buyrug‘iga o‘zgartirish kiritdi, deb yozadi Tengrinews.kz.
Qayd etilishicha, endilikda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar jamoat joylarida, jamoat transportida tibbiy niqob taqmasligi mumkin.

Bundan tashqari, ochiq havoda ijtimoiy masofa saqlagan holda sport bilan shug‘ullanayotganlar uchun ham niqob taqish majburiy emas deb belgilandi. Qozog‘istonda 30 iyuldan ko‘chada niqob taqish majburiy etib belgilangandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy ushbu qoida barchaga birdek taalluqli ekanligini aytgandi.

Yaponiyalik shifokorlarning fikricha, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar himoya niqobi taqishlari mumkin emas – niqob ularning sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Qozog‘iston bolalar niqob taqmaslik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)