23:30 / 01.08.2020
2 850

Ta’tildagi Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov otga yem berib, velosipedda sayr qildi

Ta’tildagi Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov otga yem berib, velosipedda sayr qildi
Foto: Xronika Turkmenistana
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilni turli mashg‘ulotlar bilan o‘tkazmoqda. 15 iyul kuni davlat rahbari mamlakat ko‘llaridan birida baliq ovlagan bo‘lsa, 21 iyul kuni alabay iti bilan sayr qilgan, deb xabar bermoqda «Xronika Turkmenistana».

Qayd etilishicha, 29 iyul kuni ertalab Berdimuhamedov Kopetdag‘ tog‘ etagida velosipedda sayr qilgan.

Foto: Xronika Turkmenistana
Davlat rahbari velosipedda «Axal-Teke» ot sport majmuasiga tashrif buyurdi. U yerda Berdimuhamedov Garlavach nomli oti bilan majmuani aylanib chiqdi.

Foto: Xronika Turkmenistana
Sayr tugagach, Berdimuhamedov otni majmuaga olib kelib, jilovni yechib, unga o‘t-o‘lan berib, ichish uchun suv bergan. Keyin Gurbanguli Berdimuhamedov ot uchun maxsus aralashma tayyorlab, uni ovqatlantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ta’tildagi Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov otga yem berib, velosipedda sayr qildi